Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasining yopilishini va Iroqdan qo‘shinlar olib chiqib ketilishini talab qilmoqda
Foto: Al Mayadeen
Bag‘doddagi AQSh elchixonasi binosi yaqinida bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishi qatnashchilari Amerikaning Iroqdagi diplomatik missiyasi yopilishini va mamlakatdan AQSh qo‘shinlari olib chiqib ketilishini talab qilmoqda. Al Mayadeen telekanalining xabar berishicha, "Al-Xashd ash-Shaabi" shialar qurolli guruhining yuzlab tarafdorlari elchixona majmuasi hududiga kirishga muvaffaq bo‘lgan.
Elchixona qo‘riqchilari va politsiya xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi granatalar qo‘llashgan va havoga ogohlantiruvchi o‘q uzishgan. Yigirmaga yaqin kishi jarohatlangani xabar qilinmoqda. Ammo namoyishchilar tarqalmayapti va Bag‘dod markazidagi "yashil hudud"da chodirlar tikishmoqda.
"Al-Xashd ash-Shaabi" komandiri Falih al-Fayyodning so‘zlariga ko‘ra, "Iroq parlamenti AQSh diplomatlarini va qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilmagunicha norozilik namoyishlari davom etadi".
Avvalroq "Al-Xadas" telekanali AQSh elchisi va elchixona xodimlari Bag‘doddan evakuatsiya qilinganini xabar qilgandi.
Yakshanba kuni Pentagon AQSh harbiylari Iroq va Suriyadagi shia harbiy guruhlari obektlariga zarba berishganini xabar qilgandi.
Shialar guruhi o‘z navbatida, 25 kishi halok bo‘lgani va 51 kishi jarohatlanganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
18:24
AQSh 48 soat ichida Eronga zarba beradi - Vuchich
15:42 / 31.01.2026
ICE'ga qarshi noroziliklar: AQShda ikki jurnalist hibsga olindi
09:40 / 31.01.2026
Federal zaxira tizimi rahbarligiga nomzod: Tramp o‘z maslahatchisini tanladi
09:01 / 31.01.2026