Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyada benzin va dizelda yuradigan avtomobillar sotuvini taqiqlash rejalashtirilmoqda
Irlandiya hukumati o‘n yildan so‘ng mamlakatda benzin va dizelda yuradigan avtomobillar sotuvini va ro‘yxatga olinishini taqiqlashni rejalashtirmoqda.
Iqlimiy rivojlanish bo‘yicha yangi strategiya doirasida ana shunday qaror qabul qilindi. Hukumat tomonidan e'lon qilingan hujjatda qayta tiklanadigan ekologik muqobil energiya manbalariga o‘tish ko‘zda tutilgan.
Mazkur strategiyaga muvofiq, 10 yildan so‘ng mamlakatda benzinli va dizelli avtomobillar savdosi butunlay to‘xtatiladi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 2030 yilda mamlakatda elektromobillar soni 950 ming donaga yetadi.
Irlandiya bunday qarorga kelgan birinchi mamlakat emas. Qo‘shni Buyuk Britaniya ham 2040 yilga kelib benzinli va dizelli avtomobillardan butkul voz kechmoqchi. Fransiya, Germaniya, Norvegiya, Niderlandiya va Hindistonda ham ana shu imkoniyat ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:10 / 18.06.2026