Aritmiya – asosan yurak işlaşida uzilişlar keltirib çiqaradigan kasalliklarning katta guruhi bölib, yurakning juda tez urişi urişi, yuqori puls, tartibsiz ritmlar yuzaga kelişidan iborat. Uşbu barça uzilişlar yurak kameralari işlaşiga ta'sir qiladi. Odatda, yurak faoliyatida hammasi joyida bölsa, kameralar doimiy tartibdagi kabi qisqaradi. Ammo aritmiya boşlanişi bilan yurak kameralari qon öz vaqtida yetib kelmagani sababli tartibsiz ravişda siqila boşlaydi. Bu insonning umumiy his qilişiga öz ta'sirini körsatadi.

Aritmiya belgilari
Aritmiya boşlanişi bilan odam isitma yoki sovqotişni his qilişi mumkin, şuningdek, boş aylanişi, tösatdan ongni yöqotiş, yurakdagi oğriq yoki sançiqlar, boş oğriği, holsizlik, yurak urişi sekinlaşgani yoxud aksinça, qattiq urganini seziş, umumiy lohaslik, nevrologik buzilişlar kuzatiladi. 

Aritmiya mustaqil taşxis bölişi mumkin, ammo uning taxikardiya va bradikardiya kabi pastki turlari köproq uçraydi. 

Katta yoşli soğlom kişilarda bir daqiqada normal yurak tezligi 60-80 marta uriş hisoblanadi. Yurak urişi köpayişi yoki sekinlaşişi yurak yetişmovçiligi belgisidir. 

  • Taxikardiya – yurak ritmi buzilişi, unda daqiqada 90 martadan köproq yurak urişi kuzatiladi. 
  • Bradikardiya – yurakning daqiqasiga 60 martadan kam urişi kasalligi. Uşbu ma'lumotlar katta yoşlilar uçun standart me'yor hisoblanadi, bolalar uçun ularning yoşi böyiça maxsus darajalaş mavjud. 

Agar sizda taxikardiya belgilari bölsa, şifokor qabuli va tekşiruvlardan oldin heç bölmaganda tinçlanib oliş juda muhimdir. Bunga yalpiz, limonöt,  dölana yoki valeriana qöşilgan ösimlik damlamasi yordam berişi mumkin. 

Agar bradikardiya belgilari kuzatilsa,  aksinça, sizning holatingizni qözğatiş kerak. Buning uçun aççiq çoy yoki qora qahva (agar taqiqlangan bölmasa) içiş kerak.

Qöşimça qiliş kerakki, bradikardiyani davolaşda qöllanadigan barça dori vositalari tarkibida qözğaluvçanlikni oşiradigan kofeindan foydalaniladi. 
Bemorlar orasida yurakning tartibsiz ritmi bilan namoyon böluvçi klassik aritmiya turi ham kuzatiladi. Ba'zida ritm kuçayadi, söngra keskin tuşadi, keyin esa bir neça soniyaga yurakning butunlay «töxtaşi»ni his qiliş mumkin. Bunday holatlarda siz tinçlanişingiz kerak (tinçlantiruvçi çoy içing) va agar bu yordam bermasa, şoşilinç ravişda maxsus dori-darmonlar qabul qiliş uçun şifokor bilan maslahatlaşing.