Niderlandiyaning «Ayaks» klubi ma'lum qildiki, jamoa yarim himoyaçisi Abdulhaq Nuriyda jiddiy va bedavo dard aniqlangan. Uşbu 20 yoşli futbolçining tiklanişi uçun imkoniyati yöqligi ma'lum qilindi.

«Bu eng yomon xabar. Bu juda qörqinçli. Nuriyning yaqinlari va döstlarining hozirgi iztiroblarini söz bilan ifodalab bölmaydi. Bu, voqealarning istalgan rivojiga tayyor turadigan «Ayaks» uçun ham jiddiy zarba», degan klub boş direktori Edvin van der Sar.

Abdulhaq Nuriy ötgan haftada «Verder» klubiga qarşi örtoqlik öyinida maydonga huşsiz yiqilgandi. Futbolçi öyinning 72-daqiqasida özini noxuş his qila boşlagaç, uşbu asli kelib çiqişiga köra marokaşlik bölgan futbolçiga şifokorlar tibbiy yordam körsatişgandi.

Dastlabki ma'lumotlarda, Nuriy yuragidagi aritmiya tufayli huşidan ketgani aytilgandi.

Abdulhaq Nuriy «Ayaks» tarbiyalanuvçisi hisoblanadi. U 2015 yilda jamoa tarkibida debyut qilgan.

Ötgan mavsumda Nuriy klubi safida barça turnirlar doirasida 41 uçraşuv ötkazgan, 11 gol urib, 14 golga uzatma bergandi.