Yirik tadqiqot xulosalariga köra, uzoq iş kuni yurak kasalliklari va soğliq bilan boşqa muammolarga olib keladi. Natijalar European Heart Journal jurnalida e'lon qilindi.

Londonning Universitet kolleji epidemiologlari işda ötkazilgan vaqt miqdori va yurak xastaligi örtasidagi boğliqni aniqlaş maqsadida örta yoşdagi 85,5 ming kişining ma'lumotlarini yiğişdi. Ular Buyuk Britaniya, Daniya, Şvetsiya va Finlandiyadan bölişgan. Tadqiqot iştirokçilari iş kuni davomiyligi böyiça guruhlarga ajratildi. Ön yillik kuzatuvlarga köra, haftasiga 55 soatdan ortiq işlaydigan iştirokçilarda aritmiyaning (yurakning notekis urişi) rivojlaniş xavfi boşqalarga qaraganda 40 foizga köproq bölgan.

Bundan taşqari, köp işlaş ortiqça vazn, qon bosimining oşişi, çekiş bilan ham boğliq ekan. Bu omillarning bari aritmiyaning rivojlanişiga turtki beradi. Aritmiya insult xavfini beş barobarga oşiradi, şu sababdan tadqiqotçilar haddan taşqari köp işlamaslikni tavsiya etişmoqda.