«Halol bölsang, heç kimdan qörqmaysan». Korrupsiya va sudyalar mustaqilligi haqida Batir Matmuratov bilan suhbat
|21:00 / 02.01.202031 2539 min
Oliy Majlis Senatining uçinçi çaqiriqdagi tarkibi vakolatlarini topşiriş arafasida. Şu munosabat bilan Kun.uz qator senatorlar bilan intervyular taşkil etişni rejalaştirgan.
Birinçi suhbatdoşimiz – Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Batir Matmuratov böldi. Senator suhbat davomida korrupsiya, sudlar mustaqilligi, saylovlar va boşqa masalalardagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
– 2019 yil ham yakuniga yetdi. Ortda qolgan yildan, Senatdagi faoliyatingizdan xulosalaringiz qanday?
– Assalomu alaykum. Köpçilik bir narsadan hayron böladi – turli xil qonunlar, farmonlar, qarorlar, farmoyişlar nega bunça köp qabul qilinmoqda? Gap şundaki, biz juda şiddatli islohotlar davrida yaşayapmiz. Sönggi 3 yilda biror soha qolmadiki, qonunçiligi özgarmagan bölsa. Bir yönaliş yöqki, katta işlar amalga oşirilmasa. Bu jarayonda albatta samarali qonun va qarorlarga ehtiyoj seziladi. Birgina bizning qömitamizning özigina ötgan davr davomida 72ta qonun hujjatini muhokamadan ötkazdi. Bu juda jiddiy va köp mehnat talab qiladigan jarayon.
– Qömitangiz ança murakkab sohani qamrab oladi – Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi. Aytingçi, xalqimiz qaçon korrupsiya jilovlanganini his qiladi?
– Bir faktga e'tiboringizni qaratmoqçiman – 2017 yilga qadar bizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça yagona qonunning özi bölmagan. Turli xil tarqoq qonun hujjatlari va normalarni qöllab yurganmiz. Prezidentimiz öz faoliyatini boşlagan dastlabki kunlardayoq bu masalaga jiddiy e'tibor qaratdi. Hozirgi kunda alohida qonun, qaror va farmonga egamiz. Köpçilik nega qaror qabul qilingani ortidan yana ayni şu yönalişda farmon ham qabul qilindi, deb söraydi. Aytiş kerakki, farmon qabul qilinişi masalaning ğoyaviy ahamiyatini anglatadi. Bu baloga qarşi kuraşga naqadar jiddiy kirişilganini bildiradi.
Yana bir masala bor. Korrupsiyaga qarşi kuraşda avvalo huquqni muhofaza qiluvçi idoralarda tartib-intizom bölişi kerak. Agar huquqni muhofaza qiluvçi idoralarda tartib-intizom kuçli bölsa, boşqa idoralar qörqadi. Afsuski, bizning ayrim huquqni muhofaza qiluvçi idoralar hokimiyat organlari bilan şunday boğlanib ketgan. Aslida bularning hammasi mustaqil idora bölişi kerak.
Mavzuga oid
Ikkinçidan, sudlar mustaqilligi böyiça köp qonun hujjatlari qabul qilingan. Ularning daxlsizligi, saylanişi, işlariga aralaşmaslik, hatto ijtimoiy himoya masalalari – barçasi qonunlarda körsatilgan. Agar sudyaning özi, boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan qöşib aytaman, özining mustaqilligini özi ta'minlamasa, u heç qaçon mustaqil böla olmaydi.
Ya'ni avvalo sudya va huquqni muhofaza qiluvçi idoraning xodimi özining yuriş-turişiga, odob-axloqiga, şu bilan birga korrupsiyaga moyilligiga özi baho berişi kerak. Agar noma'qul işga aralaşsa, bu işining oşkor bölib qolişidan qörqib, ayrim noma'qul odamlarning gapidan çiqa olmay qoladi. Ular biladi – uyiga çaqiradi, ziyofat qiladi, tön kiydiradi... Töy qiladigan bölsang, bir hafta oldin qöy-u aroq, hammasini olib borib taşlaydi, xizmatlaringga deb yana pul ham berib ketadi... Agar şunda «E, rahmat ukam yo akam» deb aytadigan bölsang, sen heç qaçon mustaqil böla olmaysan. Heç qaçon korrupsiyaga qarşi kuraşa olmaysan. Töying ötgaç, har qanday noma'qul işlarni bitirib ber, deb keladi.
Şuning uçun ham buyuk faylasuflar aytadiki, sen uyingga olib keladigan narsani halollab olib kelsang, heç kimdan qörqmaysan. Heç kimdan qarzdor emassan.
Mening afsuslanadigan narsam... Ayrim vaqtlari çemodan-çemodan pullar çiqdi, deyişadi. Bu pullar nima, suvga taşlasang yöq bölib ketadi – gap unda emas. Şu çemodan-çemodan pulni noqonuniy yöl bilan yiğiş uçun... Bizning islohotlarimizga möljallangan qança mablağ bu. Demak, qurgan qurilişimiz ham çala böladi, işlagan işlarimizning hammasi çala böladi. Qurgan imoratimizni uç yildan keyin ta'mirlaşga töğri keladi. Afsuski, bu nomard odamlar şuni tuşunmaydi. Sen nafaqat [korrupsiya orqali] pul yiğyapsan, balki davlatning, iqtisodiyotning tomiriga bolta uryapsan. Bu narsa ularning ongida yöq.
– Aynan bugun (suhbat 25 dekabr kuni yozib olingan – tahr.) Soğliqni saqlaş tizimidagi korrupsiya holatlari böyiça idoralararo komissiya yiğilişi bölib ötdi. Unda vazir va uning örinbosarlari, sohadagi qator rahbarlar faoliyati jiddiy tanqid qilindi. Bu yönalişdagi muammolarni qanday baholaysiz?
– Albatta, şifokorlarga, hamşiralarga oğir gap aytişning özi qiyin. Sababi ularning faoliyati murakkab. Lekin hamma sohalarda bölgani kabi tibbiyotda ham nopok kimsalar uçrab turadi. Endi bir jihat – biz xalqimizning özida korrupsiyaga qarşi murosasizlikni kuçaytirişimiz kerak. Köpçilik qaysidir şifokor danğillama uy qursa, qimmatbaho maşina minsa, «qandingni ur» deb maqtab qöyadi. Aslida u neça kişining köz yoşlari evaziga bu boylikni töplagan.
Bugungi yiğiliş kölami juda keng böldi. Avvallari ham korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça idoralararo komissiya yiğilişi bölardi, ammo unda bir neça soha böyiça gap ketar, köp masalalar oçiq qolardi. Bugun faqat bir soha – soğliqni saqlaş keng tahlil qilindi, muammolar röy-rost oçib taşlandi. Öylaymanki ularning yeçimi böyiça ham zarur işlar amalga oşiriladi.
– Bu yil Özbekiston muhim siyosiy jarayon – saylovlarni ötkazdi. Bu borada fikrlaringizni bilmoqçi edik.
– Bu yilgi saylovlar avvalgilaridan farq qildi. Avvalo Ekologik partiya demokratik asosda, kuraşlardan keyin öz örniga ega böldi. Yangi Saylov kodeksiga amal qilindi, bir taşkilot vakillariga çeklov qöyildi, bu ham qinğirliklarning, taniş-bilişçilikning oldini oldi. Taşkilotçilik ham yaxşi böldi. Ovoz beriş jarayoni soat 8:00da davlat madhiyasi bilan boşlangani kötarinki ruh berdi.
Saylov böyiça hujjatlarni muhokama qilgan paytimiz men qat'iy uç belgi usulidan voz keçişni taklif qilgandim. Ya'ni, hozir +, X va ✓belgilarini işlatiş mumkin. Lekin qişloqlarimizdagi oddiy odamlar buni tuşunişmaydi-da. Balki kimdir özi yoqtirgan nomzod qarşisiga «bu juda zör odam» deb yozib ketar. Qat'iy talab bor, agar şu uç belgidan biri qöyilmasa yoki bir neçtasi qöyilsa, byuletten notöğri töldirilgan böladi. Qarangki, juda köp byulettenlarda şu kamçilik kuzatildi.
– Ovoz beriş, sanoq jarayonlaridagi qonun buziliş holatlari yuzasidan bizga ham köp murojaatlar böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham turli lavhalar tarqaldi. Buni qanday izohlaysiz?
– Bu ayrim kalta öylaydiganlar işi va ular umumiy natijaga ta'sir qila olişmaydi. Juda muhim bir jihat – ana şunday holatlar oçiq-oydin kötarilayotganining özi ham demokratik jarayonlardan darak beradi.
Haqiqatni röyobga çiqarişda nafaqat davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar, balki ommaviy axborot vositalari xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, ayniqsa blogerlarimiz juda yaxşi işlaşdi. Oldin ham bunday qonunbuziliş holatlari bölgan, lekin köpçilik buni ayta olmagan, aytgan narsasi körinmagan. Hozir esa mamlakatimizda erkinlik siyosati – odamlar körgan-bilganining hammasini aytyapti.
Örtoqlar, saylovni yuqori darajada, qonun ustuvorligi asosida, demokratik uslubda ötkazişimiz kerak, deb masalani qöyganimizdan söng, eng faol iştirokçi sifatida men aynan OAV xodimlari, fuqarolik jamiyati instutlari vakillari va blogerlarni körsatgan bölardim. Ularga rahmat. Men özim aytganman, korrupsiyaga qarşi kuraşdagi eng yaqin döstim – OAV, blogerlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari böladi. Şularning yordamida mamlakatimizdagi har qanday nopok işni oçib taşlaymiz.
(Suhbatni töliq şaklda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin)