Oliy Majlis Senatining yigirma beşinçi yalpi majlisida “Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni haqida”gi Qonuni senatorlar tomonidan ma'qullangan edi. Uşbu Qonun Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan imzolandi va kuçga kirdi.
Uşbu Qonunda Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririni qabul qiliş nazarda tutilgan.
Senat Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi raisi Muhammad Jumagaldiyevning yozişiça, yangi tahrirdagi Kodeksda Soliq kodeksining amaldagi tuzilmasi saqlab qolingan holda uni umumiy qismga (soliq ma'muriyatçiligi masalalari) va maxsus qismga (soliqlarni hisoblaş va tölaşning asosiy qoidalari) bölinişini nazarda tutadi.
Jumladan, umumiy qismda quyidagilar nazarda tutilgan: soliq solişga oid xalqaro şartnomalarni qöllaş tartibi iqtisodiyotni faol rivojlantirişning bugungi kungi holati va talablaridan kelib çiqqan holda tubdan takomillaştirilgan.
Soliq töğrisidagi qonun hujjatlari prinsiplari qayd etilgani holda, qonun hujjatlarida bartaraf etib bölmaydigan qarama-qarşilik va noaniqliklarning soliq tölovçi foydasiga hal etilişi ham belgilangan.
Soliq kodeksiga kiritilgan özgarişlarga köra, soliq turlari 13 dan 9 gaça qisqartirilgan.
Soliq tölovçilarning konsolidatsiyalaşgan guruhi ya'ni xöjalik faoliyati böyiça foyda soliğini hisoblaş va tölaş maqsadida şartnoma asosida ixtiyoriy birlaşgan guruh taşkil etiş va uni tugatiş şartlari kabi bugun biznes yuritişda xalqaro tajribada keng qöllanib kelinayotgan talablar ham kodeksda öz aksini topgan.
Soliq organlari tomonidan soliq tölovçilarni 42 ta mezon asosida 3 segmentga, ya'ni, “vijdonli”, “şubhali” va “muntazam huquqbuzarlar”ga ajratgan holda ular bilan alohida faoliyat taşkil etiş yölga qöyiladi.
Vijdonli kategoriyasidagi soliq tölovçilar, ularning şu röyxatda bölgan davri davomida xeç qanday tekşiruv ötkazilmasligi;
şubhali kategoriyasidagi soliq tölovçilar kameral nazorat tartibida nazoratga olinib, aniqlangan kamçiliklar öz vaqtida bartaraf qilinsa boşqa tekşiriş amalga oşirilmasligi;
muntazam huquqbuzarlarni esa audit tekşiruvi orqali joyida tekşiriş közda tutilgan.












