O‘zbekiston | 01:07 / 06.01.2020
5529
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning markaziy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga oladi 

Foto: AP

Xitoyning markaziy teleradiokompaniyasi CGTN O‘zbekiston haqida hujjatli film suratga oladi. Bu haqda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasida “CGTN rus tilida” xalqaro telekanali bosh direktori Din Yun bilan uchrashuvda ma'lum bo‘ldi.  

“Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” tashabbusi doirasida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan filmning suratga olish ishlari ikki davlat hududida bo‘lib o‘tadi. 

Dastlabki ssenariyga ko‘ra, film O‘zbekiston va Xitoyning boy tarixiy-madaniy merosi, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik munosabatlar, zamonaviy holati va strategik hamkorlik istiqbollarini ochib beradi. 

Bu maqsadda Xitoy telekanali rahbari fevral-mart oyida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva va O‘zbekistonning boshqa qo‘hna shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. 

60 daqiqalik film O‘zbekiston va Xitoyda o‘zbek, xitoy, rus va ingliz tillarida namoyish qilinishi kutilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid