Jamiyat | 21:01 / 08.01.2020
6007
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik mehmonlar Samarqand viloyat IIB faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan XXRning Chjenchjou shahri Jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Chjan Shutszyun boshchiligidagi delegatsiyani Samarqand viloyati IIB rahbariyati kutib olib, ularni boshqarma faoliyati bilan tanishtirdi.

Samarqand viloyat IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar qilishicha, tashrif buyurganlar mehmonlarga O‘zbekistonda, xususan, Samarqand viloyatida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berilib, kelgusida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar borasida tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Mehmonlar «Xavfsiz shahar» hamda «Xavfsiz turizm» konsepsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyati IIBda barpo etilgan IT texnologiyalari talablariga javob beradigan innovatsion «Situatsion markaz»ning imkoniyatlaridan foydalangan holda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirildi.

Delegatsiya rahbariga O‘zbekistonda huquqbuzarlikning barvaqt profilaktikasi yo‘nalishida olib borayotgan ishlar ma'qul kelib, ulardan ayrimlarini kelgusida amaliyotda tatbiq etishini ta'kidlab o‘tdi.

Mavzuga oid