Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining yozişiça, öşa videolar noqonuniy tarqatilgan va ularni tasvirga olib tarqatganlarga nisbatan qonuniy çora körilgan.
«Samarqand şahridagi savdo markazlaridan birida qonga bulğangan piçoqni kötarib, ikki kişining ölimiga sabab bölgan fuqaroning tasviri aks etgan video hamda fotolavhalar tarqaldi. Şov-şuvlarga sabab bölgan uşbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekşiruv işlarini olib borişdi. Vahşiylik aks etgan uşbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigitlar tomonidan tasvirga olinib, tarqatilgani ma'lum böldi.
Uşbu şaxslarga nisbatan tegişli tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylaştirilib, profilaktik tuşuntiriş işlari olib borildi. Samarqand şahar ma'muriy işlar böyiça sudi tomonidan uçala yigitga nisbatan ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Samarqand viloyati Içki işlar boşqarmasi barça OAV xodimlari, blogerlar va fuqarolarning axborotni oliş, undan foydalaniş va tarqatiş huquqlari mavjudligini eslatib ötadi. Faqatgina bunday harakatlar qonun doirasida amalga oşirilişi lozim.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bölib, zöravonlikni yoki şafqatsizlikni tarğib qiluvçi mahsulotni tayyorlaş, olib kiriş, tarqatiş, reklama qiliş, namoyiş etiş uçun javobgarlik belgilangan», – deyilgan IIB bayonotida.
Ma'lumot uçun, yuqoridagi jinoyat 20 noyabr, juma kuni 42 yoşli erkak tomonidan raşk tufayli sodir etilgan. Past Darğom tumanida yaşovçi fuqaro xotinini kuzatişi vaqtida uni boşqa erkak bilan körib qoladi va Samarqand şahridagi xalq tilida «Povorot» deb ataluvçi joydagi savdo dökoni içida har ikkisini piçoqlab, öldiradi. Tarqalgan videoda köringanki, qotil jinoyatni sodir etgaç, heç qayerga qoçmay odamlardan militsiyani çaqirişni söragan.

















