Fan-texnika | 21:57 / 09.01.2020
22120
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning eng qimmat avtomobilsozlik kompaniyasi ma'lum qilindi. Bu General Motors ham, Ford ham emas

Foto: Tesla

Ayni vaqtda AQShning eng qimmat avtomobilsozlik kompaniyasi Ilon Maskning Tesla kompaniyasi hisoblanib, yanvarda kompaniya aksiyalari narxi yuqorilab, brend qiymati 89 mlrd dollarga yetgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Shu tariqa, Tesla’ning bozor qiymati AQShning boshqa yirik avtomobilsozlik kompaniyalari - General Motors va Ford’ning birgalikda olingan qiymatidan qimmatroqni tashkil qilgan. Ayni vaqtda GM’ning qiymati 59 mlrd dollarni, Ford’niki 37 mlrd dollarni tashkil qiladi.    

Maskning kompaniyasi aksiyalari oxirgi 3 oy ichida 2 martadan ko‘proqqa qimmatlashib, bir donasi uchun rekord narx - 492,14 dollarga yetgan. Kompaniya aksiyalarining qimmatlashishi 2019 yilning 4-choragidagi ko‘rsatkichlar va Xitoyda yangi zavod ishga tushirilishi bilan tushuntirilmoqda.

Shu bilan birga, GM va Ford 2019 yilda AQShning o‘zida 2 mlndan ko‘proq, Tesla esa butun dunyo bo‘ylab ancha kamroq – 367 ming avtomobil sotgan.

Mavzuga oid