Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha ikkinchi tender o‘tkaziladi
Energetika vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ko‘magida fotoelektr (quyosh) elektr stansiyalar qurilishi bo‘yicha «Scalingsolar II» loyihasi doirasidagi tender savdolarining ikkinchi bosqichini tashkil etilishi muhokama qilindi.
Energetika vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, «Scalingsolar II» doirasida O‘zbekistonning Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 200 MVt.ga teng bo‘lgan ikkita fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha bitta lotga tender e'lon qilinishi kutilmoqda.
Tender savdolari 2020 yilning birinchi choragida e'lon qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda IFC ko‘magida xalqaro tender savdolarining birinchi bosqichi o‘tkazildi va ularning natijalari 4 oktyabrda e'lon qilindi. Tender Navoiy viloyatida quvvati 100 Mvt.ga teng birinchi FES qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan.
Ushbu loyiha Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliyaviy korporatsiya tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-17 may kunlari AQShga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Xalqaro tenderning birinchi bosqichida XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiyadan 23 kompaniya ishtirok etmoqda, shundan kvalifikatsiya oldi tanlovidan 11 ta kompaniya o‘tdi.
5 ta kompaniya tomonidan tender takliflari berildi: «AcwaPower» (Saudiya Arabistoni); «JinkoPower» va «AljoimahEnergy&WaterConsortium» (XXR/Saudiya Arabistoni); «Masdar» (BAA); «TBEA XinjianingSunoasisCoLtd» (XXR) va «TotalEren» (Fransiya).
Da'vogarlarning texnik va tijoriy takliflari o‘rganilib, baholangach, tender komissiyasi tomonidan xalqaro tenderning birinchi bosqichi g‘olibi deb «Masdar» (BAA) e'lon qilindi, bunda tarif ishlab chiqilgan elektrenergiyaning 1 kVt.s uchun 2,679 AQSh sentini, qurilish muddati esa 12 oyni tashkil etadi.
Mavzuga oid
19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi
15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi
20:09 / 03.02.2025