Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga eksport qilinadigan ho‘l meva va sabzavotlarga QQS stavkasi kamaytirildi
2020 yilning 4 yanvar kuni www.pravo.gov.ru rasmiy huquqiy axborot internet-portaliga Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2019 yil 31 dekabrdagi 1952-son «Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2004 yil 31 dekabrdagi 908-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi qarori joylashtirildi.
O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, hujjatga muvofiq 10 foizli stavka bo‘yicha qo‘shimcha qiymati solig‘i (QQS) solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi. Xususan, Rossiya hududiga olib kirilganda imtiyozli QQS solinadigan meva-sabzavot mahsulotlari ro‘yxati kengaytirildi.
O‘zbekistonning asosiy ho‘l meva mahsulotlari hisoblanadigan tarvuz, qovun, uzum, anjir, olma, nok, behi, o‘rik, gilos, olcha, shaftoli (jumladan nektarin ham), olxo‘ri va limonga nisbatan avval amal qilgan 20 foizli QQS o‘rniga 10 foizli stavka joriy etiladi.
Shuningdek, o‘zgarishlar quruq mevalarga nisbatan joriy etilmaydi. Ushbu kategoriya bo‘yicha 20 foizli QQS saqlanib qolindi.
Rossiya qonunchiligiga kiritilgan ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistondan Rossiya bozoriga meva va sabzavotlar eksporti hajmini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratadi, deyiladi TIV saytida.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026