Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnik reglamentlarga rioya etmaganlik uchun jarimalar miqdori keskin oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi quyidagi o‘zgartish kiritiladi:
212-moddaning (Texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmaslik):
birinchi qismi (Xo‘jalik faoliyati sub'yektlarining texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga rioya etmasligi) sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi va “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
ikkinchi qismi (Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi va “uch baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
uchinchi qismi (Standartlar va o‘lchov vositalarini nazorat qiluvchi davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot texnik reglamentlarga yoki standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaslik) sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
to‘rtinchi qismi (Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish) sanksiyasidagi “uch baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
214-moddaning (Majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzish):
birinchi qismi (Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning), sertifikatlashtirish organlarining va akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalarining (markazlarining) mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlashtirish qoidalarini buzishi) sanksiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan yigirma baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
ikkinchi qismi (Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa) sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi va “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.
Mavzuga oid
21:53 / 18.05.2026
Sotuvchi xaridorning qonuniy talabini bajarmasa, elektron platforma zimmasiga ham mas’uliyat yuklanadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
19:32 / 15.05.2026
“Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi
21:12 / 14.05.2026