Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududiy mashina-traktor parklari zamonaviy servis markazlariga aylantiriladi
Respublikada qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta'mirlash va ularga servis xizmatlarini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.
Muhokama uchun e'lon qilingan hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “O‘zagroservis” AJning eksperiment tariqasida hududiy “Agroservis MTP” MChJning mashina-traktor parklarini 2020 yilda zamonaviy ta'mirlash va servis markazlariga aylantirish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
“O‘zagroservis” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi loyihalash institutlari bilan birgalikda:
tashkil etiladigan markazlarni loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun loyihalash institutlari o‘rtasida eng yaxshi takliflar tanlovini o‘tkazadi;
tanlov g‘olibi bo‘lgan loyihalash instituti tuman “Agroservis MTP” MChJlari negizida markazlarni tashkil etish uchun bino inshootlarni ta'mirlash, zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining har bir markaz hududidagi mavjud qishloq xo‘jaligi texnikalarini kapital ta'mirlash quvvatiga ega bo‘lishini inobatga olgan holda namunaviy loyihasini ishlab chiqadi;
markazlarni tashkil etish loyihalarini tayyorlaydi;
ishlab chiqilgan loyiha smeta hujjatlarini vakolatli ekspertiza organlaridan o‘rnatilgan tartibda ekspertiza xulosalarini olinishini ta'minlaydi.
“O‘zagroservis” AJ:
a) “ISUZU” va “Damas” avtomashinalari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalarining nosozliklarini qisqa muddatlarda, joyida bartaraf qiluvchi mobil xizmat ko‘rsatuvchi ustaxona namunasini tayyorlaydi;
b) 2020 yilning 1 mayiga qadar:
tashkil etilayotgan markazlarda qurilish ishlarini yakunlaydi;
markazlarda buyurtma va zarur texnik maslahatlarni o‘z vaqtida berib boruvchi axborot markazlari (call-center) tashkil etadi;
v) 2020 yilning 1 iyuliga qadar:
markazlarni zamonaviy dastgoh, diagnostika asboblari, elektr va gaz payvandlash uskunalari, ko‘tarish moslamalari va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlanishini ta'minlaydi;
mobil xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar elektr va gaz payvandlash uskunalari, kamera yamash uskunasi, kran-manipulyator, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi generator, charxlash va parmalash dastgohlari, servis anjomlari (jamlanmasi) hamda to‘lov terminallari bilan ta'minlaydi;
markazlarni mobil xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar bilan to‘liq ta'minlaydi.
“O‘zagroservis” AJ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda “O‘zagroservis” AJ hududiy “Agroservis MTP” MChJlari ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishlari qaroriga asosan tuman “Agroservis MTP” MChJlariga qarashli bo‘sh turgan bino-inshootlar, mazkur bino inshootlar atrofidagi yer maydonlariga bo‘lgan egalik huquqi va foydalanilmayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini bozor qiymatida tadbirkorlik sub'yektlari talablarini inobatga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolarida sotish to‘g‘risidagi takliflarga rozilik beriladi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026