Kun.uz ixtiyoriga Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga tegişli ekani aytilayotgan audioyozuv kelib tuşdi. Unda hokim deb taniştirilgan şaxs ğalla topşiriş rejasini bajarmayotgan fermerlarni sökib, ulardan rejani bir neça soat içida bajarişni talab qilgan. Manbaga köra, holat 15 iyun kuni hokimning xizmat xonasida sodir bölgan.

Kun.uz ixtiyoriga kelib tuşgan audioyozuv mazmunidan anglaşilişiça, yiğiliş ğalla yetiştiriş böyiça şartnomaviy majburiyatlarni bajariş va hosil topşiriş masalalariga bağişlangan.

Biroq audioni fermerlar bilan oddiy muloqot yoki muhokama deb bölmaydi. Qariyb butun audioyozuv davomida bir kişi gapirgan, fermerlar esa asosan qisqa javoblar bilan çeklangan. Hokim ekani aytilayotgan şaxs qatnaşçilarga nisbatan muntazam ravişda haqoratli va tahqirlovçi iboralarni işlatgan, ularni sökib, turli tahdidlar qilgan.

«11 gaça yopasanmi, yöqmi?», «Bir soat senga muhlat», «Bugun yopasan» kabi talablar audio davomida qayta-qayta takrorlanadi.

Şuningdek, yozuvda prokuratura va sud bilan boğliq tahdidomuz ogohlantirişlar ham uçraydi.

«Bugun dalolatnoma qilib sudga çiqartiraman hammangnikini», degan mansabdor.

Kun.uz manbasining bildirişiça, mazkur yiğiliş 15 iyun kuni Muzrabot tumani hokimining xizmat xonasida bölib ötgan. Manbaga köra, unda huquq-tartibot idoralari vakillari ham iştirok etgan hamda hokimning fermerlarga nisbatan işlatgan haqorat va tahdidlariga guvoh bölgan.

Audioda fermerlar davlat tomonidan belgilangan ğalla topşiriş rejasini bajarişga çaqirilayotgani eşitiladi. Biroq bu çaqiriqlar qöpol munosabat, haqorat va javobgarlik tahdidlari bilan birga keçadi. Yozuvda fermerlarga nisbatan prokuratura, sud va boşqa ta’sir çoralari tilga olinadi. Kun.uz Muzrabot hokimligiga sörov yubordi.

Eslatib ötamiz, Human Righs Watch xalqaro taşkiloti va Inson huquqlari özbek forumi 2026 yil fevral oyida “Fermerda erkinlik yöq” nomli 120 sahifali hisobot e’lon qilgan edi. Unda Özbekistonda paxta va ğalla yetiştiruvçi fermerlarga nisbatan kuzatilayotgan tazyiq va ekspluatatsiya holatlari yoritilgandi.

“[Sönggi yillarda Özbekiston qişloq xöjaligini isloh qilişda] salmoqli yutuqlarga erişilgan bölişiga qaramay, Özbekiston hukumati paxta va ğalla yetiştirişda jiddiy va majburlovçi davlat nazoratini amalga oşirişda davom etmoqda, qolaversa, paxta va ğalla yetiştiruvçi fermerlarning mehnat va inson huquqlari hurmat qilinişini ta’minlay olmayapti”, – deyiladi hisobotda.