Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ
Bugun mamlakat hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Harorat shundayligicha saqlanib turadi – kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu me'yorlarga yaqin haroratdir.
Yakshanba kuni havo oqimlarining almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta'sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kuchli yog‘in yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliqni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich shu kun me'yoridan sal pastdir.
Mavzuga oid
11:52 / 20.01.2026
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
12:18 / 19.01.2026
Haqiqiy qish havosi – yanvar oxirida qanday ob-havo kutilmoqda?
12:10 / 19.01.2026
Hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
15:04 / 16.01.2026