Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda o‘zbekistonlik migrant soxta pasport tufayli koloniyaga jo‘natildi
Peterburgda o‘zbekistonlik muhojir soxta qirg‘iz pasporti tufayli koloniyaga jo‘natildi.
OAV xabariga ko‘ra, Peterburgda o‘zbekistonlik erkak soxta hujjatlardan foydalanganlikda ayblanib sudlandi. Rossiya Jinoyat kodeksining 237-moddasi bo‘yicha ayblov hukmi Kirov tuman sudi tomonidan chiqarildi.
O‘zbekistonlik yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi inspektoriga soxta pasport taqdim etgan. Huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi o‘zbekistonlik fuqaro boshqargan «Xende» rusumli chet el avtomobilini to‘xtatdi va haydovchidan hujjatlar taqdim etishni so‘radi. Migrant Qirg‘iziston fuqarosi nomiga berilgan pasportni o‘zi bilan olib yurgan. Erkak hujjat soxta ekanligini bilgani aytilmoqda.
Sud qarori bilan o‘zbekistonlik erkak sakkiz oyga ozodlikdan mahrum etildi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘tashi belgilab qo‘yildi.
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
21:00 / 23.08.2025
Vashingtonda noqonuniy migrantlarni hibsga olish holatlari o‘n barobarga oshdi – CNN
19:52 / 21.08.2025