Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Nukus filiali tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Nukus mintaqaviy filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Nukus shahrida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi mintaqaviy filialini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013 yil 6 martdagi 68-son qaroriga muvofiq:
Markaz mintaqaviy filiallari xodimlarining umumiy cheklangan soni 43 nafar, shu jumladan, boshqaruv xodimlari soni 9 nafar bo‘lgan namunaviy tuzilmasi tasdiqlangan;
Markazning mintaqaviy filiallari faoliyatini moliyalashtirish, shy jumladan, bitta xizmat yengil avtotransport vositasi bilan ta'minlash, Davlat budjeti parametrlarining tegishli yilga “Ta'lim” sohasida nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Moliya vazirligi 2020 yilda Filialni saqlash xarajatlari uchun Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratadi hamda har yili zarur bo‘ladigan budjet mablag‘larini nazarda tutadi.
Markaz Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Filialni zamonaviy fikrlovchi, yuqori malakali va mas'uliyat tuyg‘usi yuqori bo‘lgan, imkoniyati cheklangan, ijtimoiy va huquqiy jihatdan xatar guruhlaridan bo‘lgan bolalar va ularning oilalariga, shuningdek, iqtidorli bolalarga ijtimoiy-pedagogik, huquqiy, tibbiy-reabilitatsiya va axborot-ta'lim yordami ko‘rsatish sohasida tegishli amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi:
Filialni joylashtirish uchun mos bino ajratadi;
Markaz Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Filialni zarur jihozlar bilan ta'minlash uchun takliflarni ishlab chiqib, xorijiy va mahalliy tashkilotlarning grantlarini jalb etish yuzasidan tegishli choralar ko‘radi.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025