Khan Academy O’zbek loyihasi ta'lim va inson fe'l-atvori sohalarida izlanişlar olib boruvçi taniqli tadqiqotçi, öndan ortiq kitoblar muallifi, bir neçta ixtisoslik böyiça mukofotlarga sazovor bölgan Alfi Konning maqolasini özbek tilida taqdim etdi.

Hozirgi zamon maktablarining iş uslubi majburiy tarzda öqitiladigan fanlarga va öquvçilardan yuqori natijalarni talab qiluvçi standartlaştirilgan testlarga qaratilgan. Bularning bari «qattiqqöllik», «maqsadlarni kengaytiriş» va «yanada oğir standartlar» kabi şiorlarga asoslangan.

Tasavvur qilaylik, keyingi yilda deyarli barça talabalar imtihonda a'lo baholar olişdi. Bu holatga siyosatçilar, işbilarmonlar hamda OAVning munosabati qanday böladi? Balki, ular hayrat bilan: «Ofarin, bu öqituvçilarning tinimsiz mehnati natijasidir!» deyişar. 
Albatta, yöq. Ular bunday ajoyib muvaffaqiyatni test sinovlarining juda oson bölgani bilan izohlaşadi.

Bizda natijalarning juda tez yaxşilanişiga munosabat doim şu körinişda bölib kelgan. Misol uçun, 2009 yilda Nyu-Yorkda bölib ötgan matematika böyiça imtihonda yuqori natijalar qayd etilganida, ştat boşqaruv kengaşi raisi şunday degan edi: «Fikrimça, bugungi natijalarni nişonlaşning örniga, Nyu-York ştati özi uçun yanada yuqori standartlarni belgilaşi kerak».

Taşvişga soladigan tomoni şundaki, «yuqori standartlar»ning asl ma'nosi «bir vaqtning özida barça talabalar yeta olmaydigan standartlar»dir. Agar barça talabalar mos keladigan holat yuz bersa, qaysidir talaba, albatta, yiqilişi uçun bu standartlar, şunçaki, yanada oğirlaştirib qöyiladi.

Standartlarni belgilaşdan maqsad – heç bir bolani çetda qoldirmaslik emas. Aksinça, bunday yondaşuv buğdoyni somondan ajratiş uçun yaratilgan murakkab saralaş uskunasiga öxşaydi. Tanasining rangi boşqaça öquvçilar, daromadi kam oiladan çiqqan va ona tili ingliz tili bölmagan öquvçilarning somon sifatida ajratilişi bu harakatning qançalik notöğriligini körsatadi.

Ammo, yuqorida tasavvur qilgan misolimiz ta'lim muassasalari uçun «maqsadlarni kengaytiriş» şiorining asl mohiyatini körsatib beradi. Bizni har safar qaysidir guruhning barça a'zolari ğalaba erişganda şubha bilan qaraşga örgatişgan. Ğirrom yöl tutilganiga heç qanday isbot bölmasa-da, bunday gumonga boriş barçamizga singdirilgan. Amerikada a'lo natijaga erişiş juda qiyin deb hisoblanadi. Muvaffaqiyat faqat sanoqli insonlar tomonidan erişilgandagina tan olinadi.