O‘zbekiston | 11:04 / 13.01.2020
13289
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi

Foto: Shutterstock

Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar va tashkilotlar soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 419,5 mingtani tashkil etib, ulardan 398,1 mingtasi yoki 94,9 foizi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 80,5 mingtaga yoki 23,7 foizga oshgan.

2019 yil davomida respublikada 96,7 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,7 mingtaga ko‘pdir.

2020 yil 1 yanvar holatiga 337,1 mingta tijorat shaklidagi korxonalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan xususiy korxonalar - 83,6 mingta, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga oshdi, oilaviy korxonalar - 27,5 mingta, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 77,4 foizga oshdi, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar -219,4 mingtaga yetib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 28,9 foizga oshgan.

2019 yilning yanvar- dekabr oylarida 96,7 mingta korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 martaga ko‘pdir. Shundan mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 60,8 mingta, xususiy korxonalar - 18,6 mingta, oilaviy korxonalar - 13,2 mingta, muassasalar - 2,8 mingta va boshqalar - 1,3 mingtani tashkil etdi.

2020 yil 1 yanvar holatiga sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 70,6 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,1 foizga oshdi.

Jami sanoat korxonalar va tashkilotlari ko‘payishining asosiy omili bo‘lib (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan), ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatida - 24,4 foizga (jami sanoatdagi ulushi 94,6 foiz), tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash - 29,5 foizga (jami sanoatdagi ulushi 3,3 foiz), elektr, gaz, bug‘ bilan ta'minlash va havoni konditsiyalash - 19,8 foizga (jami sanoatdagi ulushi 0,5 foiz) va suv bilan ta'minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni utilizatsiya qilish - 05,0 foizga (jami sanoatdagi ulushi 1,6 foiz) o‘sishidir.

2020 yil 1 yanvar holatiga qurilish sohasida korxonalar va tashkilotlar soni 36,2 ming tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24,3 foizga oshdi. Jami qurilish sohasidagi korxonalar va tashkilotlar soni ko‘payishining asosiy omili bo‘lib, binolar va inshootlar qurishda o‘tgan yilga nisbatan 25,1 foizga (jami qurilishdagi ulushi 60,8 foiz), fuqarolik obektlarini qurish - 12,1 foizga (jami qurilishdagi ulushi 8,6 foiz), ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari - 26,6 foizga (jami qurilishdagi ulushi 30,6 foiz) o‘sishidir.

Mavzuga oid