Boş prokuratura ma’lum qilişiça, Farğona şahar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik bölimining mansabdor şaxslari tomonidan 29 nafar haqiqatda işsiz bölmagan şaxslarga 145 mln sömlik subsidiyalar asossiz ravişda berilganligi aniqlandi.
Subsidiya ajratiş haqida murojaat qilmagan 8 nafar şaxslarga 34,2 mln sömlik subsidiyalar qonunga xilof ravişda ajratilgani ma’lum böldi.
Subsidiya oliş uçun haqiqatda murojaat qilmagan fuqarolar nomiga ularning xabarisiz göyoki ularga subsidiya asosida 21 mln sömlik tikuv maşinalari berilganligi haqida soxta hujjatlar rasmiylaştirilib, mahsulotlar özlaştirilgan.
Oqibatda mansabdor şaxslar va boşqalar tomonidan 213 mln sömlik juda köp miqdordagi davlat budjeti hisobidan ajratilgan subsidiya mablağlari talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik juda köp miqdorda) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.











