Shifokorlar beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tekshiruvdan o‘tkazishdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati 14 yanvar kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani hududidagi uylardan birida beshinchi qavatdan tushib ketgan bolaning avholi haqida qo‘shimcha ma'lumot berdi. Ma'lum qilinishicha, bola shifokorlar tomonidan takroriy tekshiruvdan o‘tkazilgan.
«Joriy yil 14 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan videoxabar yuzasidan avval ma'lumot bergan edik. Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan ushbu jarayonda bola uyda yolg‘iz qolgani sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.
Bugun Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida malakali shifokorlar tomonidan beshinchi qavatdan tushib ketgan bolani takroriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, bola og‘ir jarohat olmagani va ahvoli yaxshi ekani yana bir bor tasdiqlandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bolaning onasi ko‘rsatilgan yordam uchun qo‘shnilar va tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.
«Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman. Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo‘lib turibdi. Qo‘shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi beminnat yordami uchun juda ham minnatdorman», degan u.
Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18da chaqiruv bo‘lgach, tez tibbiy yordam mashinasi 7 daqiqada yetib borgan va birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilib, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan hamda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llangan edi.
Mavzuga oid
16:52 / 02.10.2024
Toshkentda maktab o‘quvchisi ustiga futbol maydonidagi darvoza qulashi tufayli vafot etdi
15:51 / 12.08.2024
“Aholi bilan kelishilgan” - poytaxt hokimligi bolalar maydonchasi joylashgan hudud sotuvga qo‘yilganiga izoh berdi
07:45 / 18.02.2024
Toshkentda Lacetti va Cobalt to‘qnashuvi sodir bo‘ldi
08:01 / 06.02.2024