Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank 2020 yilda gaz va elektr narxi sezilarli darajada oshishi mumkinligini bildirdi
O‘zbekiston Markaziy bankining 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida narxlar ko‘tarilishi bilan bog‘liq noaniqliklar saqlanib qolinayotgani qayd etildi.
«Xizmatlar sohasida tannarx ko‘p hollarda ish haqi darajasiga va kommunal sohada esa energiya manbalari narxlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli ushbu sohalarda noaniqliklar saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, iqtisodiyotga elektr energiyasi va gazni uzluksiz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish dolzarbligining oshib borayotganligi 2020 yilda ular narxlarining sezilarli darajada oshishini talab etishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, asosiy prognozni qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin. Biroq, ushbu omil bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha keyingi yig‘ilishlarda e'tiborga olinadi.
Transport infratuzilmasi va bozorlardagi raqobatni rivojlantirish, iqtisodiyotning turli sohalarini gaz va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash borasida zaruriy tarkibiy islohotlarni amalga oshirish inflatsiyaning barqaror sekinlashishining asosiy omili hisoblanadi.
Markaziy bank inflyatsion omillar xususiyati va xatarlarni diqqat bilan o‘rganib borishi, inflatsiyaning prognoz dinamikasiga nisbatan mustahkam ishonch hosil bo‘lgan sharoitda asosiy stavkani pasaytirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilishi bildirilgan», deyiladi MB ma'lumotnomasida.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026