Tijorat banklari yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritildi
O‘zbekiston tijorat banklari yangi tahrirda tasdiqlangan Soliq kodeksida yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritildi.
Bu ma'lumot “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuniga asosan Soliq kodeksi yangi tahrirda qabul qilinishi munosabati bilan 14 yanvar kuni Markaziy bankda bank tizimi mas'ul xodimlari, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi vakillari ishtirokida o‘tkazilgan seminarda ta'kidlab o‘tildi.
Anjumanda Soliq kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mohiyati va ahamiyati yuzasidan ma'lumot va tushuntirishlar berib o‘tildi.
Jumladan, tijorat banklari yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilganligi hamda ularning alohida bo‘linmalari hisobga olinib, Soliq kodeksining 20-moddasiga asosan banklar (Bosh bank) markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etishi va belgilangan tartibda soliqlarni (yig‘imlarni) to‘lashi qayd etildi.
Seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddi vakillar tomonidan tegishli javoblar taqdim etildi. Shuningdek, yangi tahrirdagi Soliq kodeksi mazmun-mohiyati yuzasidan bank mutaxassislari bilan fikr almashildi, deyiladi Markaziy bank xabarida.
Mavzuga oid
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024
Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
12:10 / 03.10.2024