O‘zbekiston | 08:28 / 17.01.2020
7300
2 daqiqa o‘qiladi

Ochilboy Ramatov Siril Myuller bilan uchrashdi. Jahon banki O‘zbekistonda aeroportlar modernizatsiyasi loyihalarida ishtirok etadi

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov mamlakatga tashrif buyurgan Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Jahon banki o‘rtasidagi uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, mamlakatda ushbu bank bilan hamkorlikda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Xususan, Jahon banki bilan hamkorlikda transport infratuzilmalari aeroportlar, avtomobil yo‘llari qurilishi va rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi. 

Siril Myuller Jahon banki shu vaqtga qadar O‘zbekistonda asosan avtomobil yo‘llari qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatib kelganini ta'kidlab o‘tdi. U Jahon banki hozirda O‘zbekistonda aeroportlar infratuzilmasini modernizatsiyalash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qildi. 

Bosh vazir birinchi o‘rinbosari – transport vaziri Ochilboy Ramatov bugungi kunda Jahon banki ishtirokida mamlakatda 40dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani, qolaversa, fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishda Jahon banki guruhi bilan hamkorlikdagi ishlar davom ettirilishini aytib o‘tdi.   

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid