Longtxan aeroportining qiymati 16 milliard dollarga baholanmoqda. Uning umumiy maydoni 5 ming gektarni taşkil etadi — bu Londonning Xitrou aeroportidan tört baravar katta.
Boeing prognozlariga köra, kelasi 20 yil içida Janubi-Şarqiy Osiyoda aviayölovçilar oqimi uç baravarga oşadi. Bunda Xitoyda örta sinfning ösişi va Hindiston kabi rivojlanayotgan davlatlardan kelayotgan sayyohlar sonining ortişi muhim omil bölmoqda.
Hozir mintaqadagi asosiy aviatsiya habi sifatida Singapore Changi Airport aeroporti qaralmoqda. U yiliga taxminan 60 million yölovçiga xizmat körsatadi va dunyodagi eng yaxşi aeroportlardan biri hisoblanadi. Ammo Singapur ham bu bilan çeklanmayapti — yangi T5 terminali uçun 10 milliard dollar sarmoya kiritilmoqda. Loyiha tugallangaç, aeroport quvvati 150 million yölovçigaça yetişi mumkin.
Şu bilan birga, Malayziya Kuala-Lumpur aeroportini kengaytirişni, Tailand esa Suvarnabxumi aeroportini modernizatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Filippinda esa 14 milliard dollarlik New Manila International aeroporti qurilmoqda.
Longtxan nega qurilmoqda?
Longtxan aeroporti qurilişining asosiy sabablaridan biri — Tan Son Nhat International Airport Tanşonnyat aeroportining ortiqça yuklama bilan işlayotgani.
Hozir u yiliga 40 millionga yaqin yölovçiga xizmat körsatmoqda. Biroq aeroport Xoşimin şahri içida joylaşgani uçun uni kengaytiriş deyarli imkonsiz. Şu bois Vetnam hukumati nafaqat yuklamani kamaytiriş, balki mintaqaning asosiy xalqaro aviatsiya markazini yaratişni maqsad qilgan.
Longtxan törtta terminal va har biri 4 ming metrlik törtta uçiş-qöniş yölagidan iborat böladi. Terminallar Vetnam milliy ramzi hisoblangan lotos guli şaklida quriladi.
Quriliş uç bosqiçda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiç yakunlangaç, aeroport yiliga 25 million yölovçi va 1,2 million tonna yuk qabul qila oladi. Barça bosqiçlar tugallangaç esa quvvat 100 million yölovçi va 5 million tonna yukka yetadi.
Quriliş muammolarsiz keçmayapti
Osiyoda yangi megaaeroport quriladi
13:12 / 12.05.20266 3913 min
Janubi-Şarqiy Osiyoda aviatsiya sohasida yirik raqobat boşlandi. Mintaqa davlatlari asosiy aviatsiya markaziga aylaniş uçun milliardlab dollarlik yangi aeroportlar qurmoqda. Ular orasida Vetnamda barpo etilayotgan Longtxan aeroporti eng katta va eng qimmat loyihalardan biri sifatida e’tiborni tortmoqda.

















