Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan o‘rmonzor yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘rmonlarning davlat hisobini va monitoringini yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2021 yil 31 dekabrga qadar:
respublika hududida mavjud bo‘lgan o‘rmonzor yer maydonlarini;
Fanlar akademiyasi bilan birgalikda respublika hududida mavjud bo‘lgan tabiiy holda o‘suvchi o‘simlik va hayvonot dunyosi tur tarkibi va uning zaxiralarini to‘liq xatlovdan o‘tkazilishini ta'minlaydi.
Belgilansinki, respublika hududidagi o‘rmon fondi yer maydonlarini hamda ushbu hududlarda mavjud bo‘lgan tabiiy o‘simlik va hayvonot dunyosi turlari, tarkibi va ularning zaxiralarini xatlovdan o‘tkazishni moliyalashtirish manfaatdor vazirlik va idoralarga yillik ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish davlat o‘rmon fondi yerlari doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan ularga yillik ajratiladigan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida hamda ularning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rmon fondi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni nazorat qilish hamda o‘rmonlarning miqdor va sifat holatiga davriy aniqlik kiritib borish maqsadida amalga oshiriladi.
O‘rmonlar holatida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar o‘rmonlarni kuzatish va boshqa o‘rganish materiallari asosida o‘rmon xo‘jaligini yurituvchi sub'yektlar tomonidan har yili o‘rmon kadastri va hisobga olish hujjatlariga kiritib boriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarida davlat o‘rmon fondining hududiy, geografik joylashuvi, maydoni, qo‘riqlanish toifalari, o‘rmonzorlarning tur tarkibi, daraxt va butalarning turlari, ular zaxirasining miqdori va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi aniq ma'lumotlar aks ettiriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari yangilangan ma'lumotlar asosida, qoida tariqasida, har o‘n yilda bir marotaba yangilab boriladi.
O‘rmonzorlar mavjud bo‘lgan boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi tashkilotlarga o‘rmonlarning davlat hisobi yuritilishida Qo‘mita va uning hududiy organlari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan kelishiladi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari viloyat, tuman (shahar)lar bo‘yicha Qo‘mitaning hududiy organlari tomonidan umumlashtiriladi.
Davlat o‘rmon fondi yerlari o‘zlariga doimiy foydalanishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari hamda o‘rmonzorlar mavjud bo‘lgan sub'yektlar o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning 1 fevraliga qadar Qo‘mitaning hududiy organlariga taqdim etishlari shart.
Qo‘mitaning hududiy organlari tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari bilan birgalikda davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha tuman (shahar) inspeksiyasi bilan kelishilgan holda, fevral oyining 15 sanasiga qadar tegishli tuman (shahar) hokimiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Qo‘mitaning hududiy organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari bilan birgalikda davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarorini tasdiqlash haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki viloyat hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va mart oyining 1 sanasiga qadar belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini umumlashtirish ishlari yakunlangandan so‘ng davlat o‘rmon fondining yer turlari va o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risida tegishli tuman (shahar) hokimining qarori o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning mart oyi 15 sanasiga qadar qabul qilinadi va ushbu qaror 15 kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi yoki tegishli viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari o‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlarini o‘rmonlarning davlat hisobi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning aprel oyi 15 sanasiga qadar tegishli qaror nusxasi bilan birgalikda Qo‘mitaga taqdim etadi.
O‘rmonlarning davlat hisobini yuritish hujjatlari kelgusida o‘rmonlarning miqdor va sifat holatini belgilash, o‘rmon resurslaridan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash tadbirlarini ishlab chiqish va davlat o‘rmon kadastrini yuritishda foydalanish uchun Qo‘mitada doimiy saqlanadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026