Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonda Turkiya va Koreya tajribasidan andoza olgan zamonaviy bog‘cha ish boshladi
Islohot islohot uchun emas, inson manfaati uchun xizmat qilmog‘i kerak. Bugun kosonliklar hayotida bu so‘zlar o‘z aksini topmoqda.
Har jabhaga qaramang, qurilish va bunyodkorlik! Qisqa yillarda ko‘chalar obod bo‘ldi, zamonaviy muassasalar barpo etildi.
Tumandagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Shafoat Mehrijon” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ochilishi keng ko‘lamli islohotlarning yana bir davomi bo‘ldi.

Tadbirkor Sanjar Toshpo‘latov 900 mln so‘m o‘z mablag‘idan, bankdan esa 2 mlrd 700 mln so‘m kredit oldi va Turkiya, Koreya davlatlari tajribasidan andoza olgan holda zamonaviy bog‘chani ishga tushirdi.

Bog‘chaning ochilish marosimida tuman hokimi Asrol Boykarayev va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Asror Almardonov ishtirok etdi.

Asror Almardonovning ta'kidlashicha, “Shafoat Mehrijon” nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Qashqadaryoda yagona bo‘ldi. Hali viloyat miqyosida bunday keng imkoniyatlarga ega bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan edi.

Ramziy lenta qirqilib, tashkilot rasman ochiq deb e'lon qilindi.
Mehmonlar sharoitlar bilan tanishar ekan, yuqoridagi so‘zlar o‘z isbotini topdi.

Bolajonlar uchun mashg‘ulot xonalari, yotoqxona va yuvinish xonalari eng so‘nggi zamonaviy usulda jihozlangani e'tirofga sazovor bo‘ldi.

Bog‘cha faoliyati bilan tanishar ekansiz, o‘ziga xos betakror muhit sizni ham rom etadi. Bir zumga bolalikka yetaklaydi. Shirin xotiralarni yodga soladi.

- Avvalo, bog‘chani qurishda tumanimiz hokimi Asrol Boykarayevning yordamlari katta bo‘ldi. Qurilish ishlarini boshlashimizda yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib turdilar,- deydi tadbirkor Sanjar Toshpo‘latov.
Ma'lumot uchun, muassasada 6 ta guruh tashkil etilgan bo‘lib, 120 nafar bolalar tarbiyalanadi.




Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:57 / 12.01.2024
Murotjon Azimov Kosondagi “shov-shuvli” qarorni bekor qilish bo‘yicha topshiriq berdi
10:11 / 29.08.2020
Qashqadaryoda «Damas» va «Kamaz» to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
22:17 / 10.07.2020
Kosonda ichimlik suv ta'minotini yaxshilash uchun 50 mln dollarlik loyiha amalga oshiriladi
18:07 / 22.06.2020