Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun talablar belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, buyruqqa muvofiq Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi.
Nizomda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
Milliy gvardiya bo‘linmalariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar;
nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash tadbirlarini o‘tkazish tartibi va bosqichlari, xususan nomzodni:
dastlabki o‘rganishni tashkil etish va o‘tkazish;
jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
psixologik o‘rganish;
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish bo‘yicha qoidalar.
Nizomga muvofiq, o‘rta yoki o‘rta-maxsus yoxud oliy ma'lumotga ega bo‘lgan quyidagi fuqarolar nomzod bo‘lishi mumkin:
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan;
muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
rezervdagi va zaxiradagi 40 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar.
Mavzuga oid
20:38 / 30.09.2024
Putin harbiy xizmatga chaqirish haqidagi qarorni imzoladi. Armiyaga 133 ming rossiyalik olib ketiladi
14:31 / 22.08.2024
G‘arb davlatlari harbiy xizmatga majbur ukrainalik erkaklarni qaytarishda Kiyevga yordam bermaydi
17:05 / 14.08.2024
«Andijon» futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urdi
18:32 / 13.08.2024