27 yanvar kuni prezident raisligida ötkazilgan videoselektordan keyin içki işlar tizimida kadrlar rokirovkasi amalga oşirilmoqda. 

2020 yil 16 martdan buyon Milliy gvardiya qömondoni lavozimida işlab kelgan Rustam Jörayev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Özbekiston prezidenti farmoni bilan prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi örinbosari Bahodir Hamidoviç Toşmatov Özbekiston Milliy gvardiyasi qömondoni lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Toşmatov (1964 yilda tuğilgan) Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurtini, Özbekiston qurolli kuçlari akademiyasini, Rossiya qurolli kuçlari boş ştabi harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, şuningdek, Farğona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent.

U Turkiston harbiy okrugi qöşinlarida qömondonlik tarkibining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992–1999 yillarda Mudofaa vazirligida rahbarlik lavozimlarida işlagan, 1999–2008 yillarda Mudofaa vazirligi harbiy okruglari qöşinlariga qömondonlik qilgan.

2008 yildan 2011 yilgaça mudofaa vazirining örinbosari va birinçi örinbosari, söngra 2011 yildan 2013 yilgaça Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2013 yildan 2017 yilgaça mudofaa vazirining birinçi örinbosari bölgan.

2017–2020 yillarda Milliy gvardiya qömondoni sifatida xizmat qilgan. 2020 yil martidan oktyabrigaça Prezident davlat xavfsizlik xizmati (PDXX) raisi bölgan, şundan söng Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari etib tayinlangandi.