Huquqni muhofaza qiliş organlarida va Milliy gvardiya tizimida uzoq yillar davomida turli rahbarlik lavozimlarida işlab kelgan bir guruh ofitserlar iste’foga kuzatildi.

Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda polkovnik Ilhom Turğunov, polkovnik Zokirali Çinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmonov va polkovnik Serik Xabibullayevning uzoq yillik xizmatlari e’tirof etildi, ularning faoliyati yoş avlod uçun ibrat ekani ta’kidlandi, deyiladi Milliy gvardiya matbuot xizmati xabarida.

Ularga Milliy gvardiya qömondonining buyruği bilan “Milliy gvardiya faxriysi” kökrak belgisi va esdalik sovğalari topşirildi.

Eslatib ötamiz, davlat rahbari 27 yanvar kungi selektorda huquq-tartibot sohasiga yoş va talabçan rahbarlar kerakligini aytgan edi. Şundan keyin prokuratura va bojxona tizimlarida ham qator mulozimlar pensiyaga kuzatilgandi.