O‘zbekiston | 21:18 / 20.01.2020
16040
2 daqiqa o‘qiladi

Senat uchun yangi bino quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida parlament yuqori palatasi ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy masalalarni hal etish maqsadida muhim dasturlar qabul qilinib, shu asosda katta ishlar amalga oshirilayotgani, parlamentning yuqori palatasi a'zolari ham bu borada tashabbus va aniq takliflar kiritishi zarurligi ta'kidlandi. 

«Senatning har bir qo‘mitasi o‘z faoliyat rejasini hududiy muammolardan kelib chiqib shakllantirishi lozim. O‘rganilgan masalalar bo‘yicha bevosita joylarga borib, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida Senat kengashi va qo‘mitalarining sayyor majlislarini o‘tkazish zarur. Bu amaliyot aholini tashvishga solayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal qilish imkonini beradi», dedi Prezident. 

Prezident cenatorlar uchun yangi bino qurilishini ma'lum qilgan.

«Bilaman, bu yerda hozir sal noqulay bo‘lib turganlaringni.

Mustaqillik bayrami arafasida Senatga yangi bino qilinadi. Har bir senatorga alohida xona qilinadi. Kutubxonalari bilan», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid