Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining birinçi qöşma majlisidagi nutqida xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlik masalasiga töxtaldi.
Davlat rahbarining sözlariga köra, Jahon banki, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki kabi taşkilotlardan köproq moliyaviy kömak oliş uçun mamlakatdagi korrupsiyaga qarşi samarali kuraşiş kerak.
«Ular bitta narsadan qörqayapti – korrupsiya davom etadimi-yöqmi, adolat böladimi-yöqmi, investitsiyaga kafolat böladimi-yöqmi. Mana şulardan qörqişyapti», – degan Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Özbekiston va Jahon banki örtasida şeriklik böyiça yangi uzoq muddatli strategiya işlab çiqiladi

Prezident Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari bir neça yil töxtab qolganini ham eslab ötdi.
«YeTTB bilan hamkorligimiz 20 yilga yaqin vaqt davomida töxtab qolgandi. Bu tanaffus vaqtida qöşnilarimiz milliard-milliard pul oldi. Yangi şartnoma va dasturlar hisobiga, 2019 yilning özida 500 million dollardan köp mablağni özlaştirdik. Buni iqtisodiyotni tuşungan odam tuşunadi», – dedi Mirziyoyev.
Özbekiston YeTTB tomonidan moliyalaştirilayotgan 40ga yaqin davlat orasida 7-öringa kötarildi

Şavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlisning asosiy yutuqlaridan biri sifatida unda iqtisodçilarning köpligini keltirib ötdi.
«Quyi palatada ham, yuqori palatada ham iqtisodçilar köp. Bilasizlarmi, oldingi parlamentning xatosi şu ediki, u yerda iqtisodçilar kam edi, desak, bu ham adolatdan böladi. Hozir mana, sizlarning oralaringizda zamonaviy iqtisodçilar köp.
5 yilda YaIMni 100 milliard dollarga yetkaziş – juda katta marra. 1991 yilda bizning iqtisodiyotimiz qöşnilarimizga nisbatan ança yaxşi edi», – deya ta'kidladi davlat rahbari.
Ma'lumot uçun, yangi tarkibdagi Senatda iqtisodçilar eng köp öringa ega – 97 nafar senatordan 20 nafari iqtisodçi. Quyi palatada esa moliya, iqtisod va bank sohasi vakillari hamda tadbirkorlar 30 nafarni taşkil etadi.
Özbekistonning asosiy taşqi qarzi OTB, Jahon banki, Xitoy va Yaponiya hissasiga töğri keladi












