Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijroçi direktori, Qonunçilik palatasi deputati Eldor Tulyakov rasmiy taşrif bilan Buyuk Britaniyada bölib turibdi.
Senat axborot xizmatiga köra, taşrifdan közlangan asosiy maqsad britaniyalik hamkorlar va London şahrida joylaşgan xalqaro taşkilotlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qiliş, şuningdek, Özbekistonda barça sohalarda olib borilayotgan yangi bosqiçdagi islohotlarning mazmun-mohiyati va natijalarini, bu yilgi saylovning ahamiyatini xalqaro jamoatçilik vakillariga yetkazişdan iborat.
Delegatsiya a'zolari taşrif doirasida Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) prezidenti Suma Çakrabarti bilan uçraşdilar. Muloqot çoğida Özbekistonda amalga oşirilayotgan özgarişlar, ayniqsa, iqtisodiyotni liberallaştiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, kiçik biznes sub'yektlari, xususiy tadbirkorlik va xususiy mulkçilikni faol qöllab-quvvatlaş borasida yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, mustahkamlanayotgan taşkiliy-huquqiy asoslar haqida YeTTB rahbariga batafsil sözlab berildi.
Öz navbatida, Suma Çakrabarti mehmonlarni öz ştab-kvartirasida qutlar ekan, mamlakatda keçayotgan bugungi jarayonlarni qiziqiş bilan kuzatib borayotganini e'tirof etib, Özbekiston prezidentining yangi yönalişdagi siyosati va islohotlarini yuqori baholadi.
Qayd etilişiça, Özbekiston YeTTB tomonidan moliyalaştirilayotgan 40ga yaqin davlat orasida 7-öringa kötarildi. Prezident topşiriği bilan yaqinda YeTTBning Andijonda vakolatxonasi oçilgani, yaqin kelajakda Urganç va boşqa yirik şaharlarda ham şunday vakolatxonalar faoliyatini yölga qöyiş rejalaştirilayotgani mintaqalarning ham jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
YeTTB rahbari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga bundan buyon ham alohida e'tibor qaratilişini ma'lum qildi.
2017 yilning noyabr oyida YeTTB vakolatxonasi Toşkentdagi faoliyatini tiklaganidan söng özaro munosabatlarning mutlaqo yangi davri boşlandi. 2018 yilda bank tomonidan mamlakatga qariyb 400 mln. yevro miqdorida mablağ ajratildi. Bugungi kunga kelib esa YeTTB tomonidan Özbekiston iqtisodiyot sektorlarida 70 ta loyihaga 1,3 mlrd dollar investitsiya kiritildi. Bular mazkur bank va Özbekiston örtasidagi özaro munosabatlar tarixida maksimal darajadagi yillik mablağdir.
Uçraşuv söngida tomonlar YeTTB bilan Özbekiston Respublikasining hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaş böyiça faoliyat kölamini yanada kengaytiriş xususida kelişib oldilar.

















