Oliy Majlis Senatining yangi tarkibi birinçi majlisi bölib ötmoqda. Unda qatnaşayotgan Şavkat Mirziyoyev yangi saylangan senatorlarni tabrikladi.

Majlisda Oliy Majlis Senatini şakllantiriş oçiqlik va transparentlik kabi demokratik tamoyillar asosida milliy saylov qonunçiligi talablariga asosan amalga oşirilgani ta'kidlandi. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyatlar, Toşkent şahar, şuningdek, tumanlar va şaharlar mahalliy Kengaşlarining Senat a'zolari saylovi böyiça qöşma majlislarida 84 nafar senator saylandi. Yuqori palataning boşqa 13 nafar a'zosi Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.

Senatning yangi tarkibi iqtisodiyot, huquq, fan, tibbiyot, madaniyat, işlab çiqariş sohalari hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat körsatgan eng obröli fuqarolardan şakllantirilganligi qayd etildi.

Prezident öz nutqida yangidan saylangan senatorlar tarkibiga ham töxtalib ötdi. Jumladan, uşbu çaqiriqda saylangan Senat a'zolarining 20 nafarini iqtisodçilar, 19 nafari muhandislar, 13 nafari pedagoglar, 7 nafari huquqşunoslar, 6 nafari tibbiyot xodimlari, 5 nafari agronomlar, 4 nafarini jurnalistlar hamda 12 nafarini jamoat taşkilotlari vakillari taşkil qildi.

Şuningdek, senatorlarning 25 nafarini xotin-qizlar taşkil qilayotgani ham bizda tenglik tamoyillariga qançalik amal qilinayotganining yaqqol isbotidir, deya prezident Şavkat Mirziyoyevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Majlisda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev nutq sözlamoqda.

Davlat rahbari yangi tarkibdagi Senat a'zolarini yuksak nomga sazovor bölganlari bilan samimiy tabrikladi.

– Oliy vakillik organi a'zosi böliş har bir senator uçun nafaqat katta şaraf, balki ulkan mas'uliyat ham ekanini barçangiz yaxşi tuşunasiz. Senator – bu avvalo xalq va davlat işonçini qozongan inson, – dedi Prezident. 

Özbekiston öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga qadam qöygan keyingi uç yil Senat uçun ham öziga xos tub yangilaniş va özgarişlar davri bölgani ta'kidlandi. Mazkur organ tomonidan körib çiqilgan qonunlar soni qariyb 230 taga yetgani va şundan 190 tasi sönggi uç yilda ma'qullangani uşbu yönalişda katta iş qilinganini körsatadi.