Jahon | 20:27 / 22.01.2020
7862
2 daqiqa o‘qiladi

Mixael Shumaxerning o‘g‘irlangan suratlari bir million funt sterlingga sotilishi mumkin

Noma'lum kimsalar “Formula-1” avtopoygasining yetti karra chempioni Mixael Shumaxerning eng oxirgi suratlarini o‘g‘irlab, uni bir million funt sterlingga (1,3 mln dollar) sotishmoqchi.

Gap sobiq poygachining Jyenevadagi uyida olingan suratlar haqida bormoqda. “Shumi” ularda yotiqliq holda tasvirlangan. Ushbu suratlar sizib chiqsa, sportchining oxirgi 6 yilda internetda e'lon qilingan ilk suratlari bo‘ladi.  

Shumaxerning yaqinlari u 2013 yilda Alp tog‘larida chang‘i uchish vaqtida boshidan og‘ir jarohat olgandan keyin uning suratlarini e'lon qilmay qo‘yishgan. 

2019 yil yanvaridagina OAVda poygachi nafaqat tuzalayotgani, balki uyida deyarli mustaqil harakatlana boshlagani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan. 

Mirror nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Shumaxerning rafiqasi Korinna turmush o‘rtog‘ining suratlari sotilmoqchiligi yuzasidan politsiyaga murojaat qilgan.

Ta'kidlash joiz, Shumaxerning suratlari ham oldinroq million yevroga sotilmoqchi bo‘lgan, biroq nemis politsiyasi o‘z vaqtida buning oldini olgan. 

Mavzuga oid