Şumaxerga hali ham rafiqasi Korinna qaramoqda. Bundan taşqari, sobiq avtopoygaçi hamşiralar va terapevtlar jamoasi tomonidan 24 soat davomida kuzatuv ostida.

Daily Mail “qamalgan odam sindromi” (locked-in syndrome) haqidagi miş-mişlarni ham rad etgan. Bu sindromda inson ongli va his qiliş qobiliyati saqlanadi, ammo taşqi ta’sirlarga heç qanday javob qaytara olmaydi — faqat közi orqali. Naşr manbalaridan biri: “U atrofida bölayotganlardan nimanidir tuşunayotgandek his bor, lekin ehtimol hammasini emas”, — deb tuşuntirgan.

Mixael Şumaxer “Formula-1” tarixidagi eng yaxşi poygaçilardan biri hisoblanadi. U Jordan, Benetton, Ferrari va Mercedes jamoalarida jami 19 yil iştirok etgan va uşbu jahon çempionatida qator rekordlarni örnatgan.

2012 yilda Şumaxer sport faoliyatini yakunlagan, 2013 yil oxirida esa Fransiya Alplaridagi toğ-çanği kurortidagi baxtsiz hodisa oqibatida boşidan oğir jarohat olgan. Şundan beri u omma oldida körinmagan. Şumaxer oilasi uning şaxsiy hayoti daxlsizligi saqlanişiga qattiq e’tibor qaratgan.