Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta shamol parki qurilmoqda
Buyuk Britaniyani o‘rab turgan dengizlar anchadan beri qayta tiklanadigan energetika sohasidagi bir qator katta loyihalarga asos bo‘lib kelgan. Yaqinda bu yerda dunyodagi eng katta shamol parki - umumiy quvvati 3,6 GVt bo‘lgan Dogger Bank paydo bo‘ladi. Tegishli shartnoma kuzda imzolandi va endi qurilish ishlari boshlandi.
New Atlas xabar berayotgan elektr stansiya Shimoliy dengizda, Yorkshir qirg‘oqlarida joylashadi. U 1,2 GVt.dan energiya ishlab chiqaradigan uchta blokdan iborat bo‘ladi. Ularning har biri GE Renewable tomonidan ishlab chiqarilgan ulkan Haliade-X turbinalari bilan jihozlanadi. Har bir parrakning uzunligi - 107 metr.
Shamol parki Buyuk Britaniyadagi ehtiyojning 5 foiziga teng bo‘lgan 4,5 million uy xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.
SSE Renewables va Equinor loyihaning qurilishi hamda foydalanilishi uchun javobgardir. Hozirgi vaqtda ular shamol parkini joylashtirish rejalashtirilgan hududga qarama-qarshi qirg‘oqda ish boshladilar. Stansiya qurilishi 2022 yilda yakunlanishi, birinchi elektr energiyasi esa 2023 yilda tarmoqqa yuborilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026