Forbes AQShning urush holatidagi zaif nuqtasini ma'lum qildi
AQSh Yevroosiyoda harbiy ixtilof yuz bergudek bo‘lsa, unda transport flotining yomon ahvoldaligi sababli yutqazishi mumkin. Bunday fikrni Forbes nashri sharhlovchisi Loren Tompson bildirdi.
Tompsonning ta'kidlashicha, AQSh muntazam o‘z sohillaridan uzoqda jangovar harakatlar olib boradi, shu sababli jang maydoniga qo‘shin, texnika va qurilmalarni yetkazishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa murakkab logistik vazifa hisoblanadi.
Uning aytishicha, ayni vaqtda AQSh harbiy-dengiz kuchlari bir nechta transport kemasidan, shu jumladan 65 rolkerdan (g‘ildirak negizidagi yuklarni va odamlarni tashiydigan kema) foydalanadi.
Shu bilan birga, bu kemalardan deyarli barchasi eskirib qolgan, qo‘yilgan vazifalarni bajarishga esa 40 foizigina tayyor.
AQSh qurolli kuchlari bu murakkab vaziyatdan rolkerlarni ehtimoliy jangovar harakatlar hududi yonida joylashtirish yordamida chiqmoqda.
Bundan tashqari, urush holatida fuqarolik kemalaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Biroq bularning barchasi qo‘shinlarni keyingi ta'minlash vazifasini hal qila olmaydi.
Tompsonning ta'kidlashicha, “AQSh dushmanlari” uning bu zaif nuqtasi haqida bilishadi.
“Bundan ham yomonrog‘i, Rossiya yaqinda Atlantika okeanida suv osti floti mashg‘ulotlarini faol o‘tkazishni boshladi, bu esa Sharq va G‘arb o‘rtasida ixtilof yuz bersa, belgilangan manzilgacha hamma transport kemalari ham yetib bormasligini anglatadi”, deb yozgan jurnalist.
Uning fikricha, dengiz transporti yo‘qligi sharoitida “dunyodagi eng malakali quruqlikdagi kuchlar” ixtilofga kech qo‘shilishi va samarali jang qilish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin.
Shu sababli Tompson AQSh kongressini transport kemalarini zudlik bilan modernizatsiya qilish va ularni yangi kemalar bilan almashtirishga chaqirgan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024