Nukusda tabiiy gaz o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq 22ta holat aniqlandi
«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» MChJ xodimlari oy boshidan buyon 20 kun ichida iste'molchilar orasida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilish va gaz ta'minoti tizimidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida 22ta qoidabuzarlik holatlarini aniqlashdi.
«Hududgaz Qoraqalpog‘iston» MChJ xodimlari 2020 yil 3-23 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Nukus shahri bo‘limi tezkor guruhi bilan hamkorlikda iste'molchilar orasida tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilish, o‘g‘irliklarni aniqlash hamda gaz ta'minoti tizimidagi muammolarni hal qilish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi.
Hamkorlikda olib borilgan tekshiruvlar natijasida yoqilg‘i o‘g‘irlash va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik bilan bog‘liq 22ta holat aniqlandi. Aniqlangan qoidabuzarlar orasida - 20ta yuridik va 2 nafar jismoniy shaxslar bo‘lib, tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘shma guruh oltita ishni qayta ko‘rib chiqdi. Xususan, 9,6 ming kub metrdan ortiq iste'mol qilingan «zangori yoqilg‘i» uchun qo‘shimcha ravishda 6,3 million so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.
Hozirda aniqlangan boshqa holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori huzuridagi Majburiy ijro byurosi Nukus shahri bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
«Hududgazta'minot» AJ tarkibiy bo‘linmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari bilan birgalikda gaz ta'minoti tizimidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda», deyiladi «Hududgazta'minot» AJ matbuot xizmati xabarida.
Mavzuga oid
16:16 / 05.11.2024
«Hududgazta’minot» kunlik gaz iste’molini kuzatib borish imkonini beruvchi botni ishga tushirdi
08:10 / 28.10.2024
“Hududgazta’minot” raisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
10:33 / 08.09.2024