Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya koronavirus sababli Olimpiada bekor qilinishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi
2020 yil Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari koronavirus epidemiyasi sababli Olimpiada bekor qilinishi haqida tarqalgan mish-mishlarni rad etdi.
Olimpiada bekor qilinishi haqidagi xabarlar bir necha kundan beri internetda, jumladan, tvitterda #TokyoOlympicCancelled heshtegi ostida aylanmoqda. Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi The Associated Press axborot agentligining bu masalaga aniqlik kiritish iltimosiga javob berdi.
“Biz o‘yinlarni bekor qilishni umuman muhokama qilmaganmiz. Tashkiliy qo‘mita Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va boshqa qo‘mitalar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda”, deyilgan Yaponiya Olimpiya qo‘mitasi bayonotida.
XOQ vakillari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakillari bilan uchrashib, koronavirus epidemiyasi masalasini muhokama qilishgan va vaziyatga izoh berishgan. “Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik rejaga ko‘ra davom etmoqda. XOQ O‘yinlar arafasida BMTning barcha asosiy tashkilotlari, jumladan JSST bilan hamkorlik qilayotgani odatiy amaliyotdir”, deb tushuntirilgan XOQda.
Olimpiada tashkilotchilarining ta'kidlashicha, O‘yinlar doirasida o‘tuvchi sport tadbirlariga chiptalarga talab juda katta bo‘lmoqda. Tashkilotchilarning baholashicha, 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tadigan Olimpiadani o‘tkazish uchun 12,6 mlrd dollar sarflanadi.
Mavzuga oid
19:40 / 31.05.2026
Tokio ko‘rgazmasida ignadan ip o‘tkaza oladigan robot namoyish etildi
17:15 / 27.04.2026
Tokioda davlat xizmatchilariga ishda shortik kiyishga ruxsat berildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
23:00 / 22.02.2026