«Men buni soğlom va demokratik qaror deb bilaman. Menimça Yevropa ittifoqi 50 yildan buyon mamlakatimizga mos kelmaydigan yönalişda rivojlanmoqda», - dedi Britaniya boş vaziri Boris Jonson juma kuni breksit munosabati bilan millatga murojaatida. U 31 yanvar kuni Britaniyaning «milliy uyğonişi» uçun boşlanğiç nuqta bölişini ma'lum qilgan.
Boş vazir yangi Britaniyada migratsiya nazorat qilinişi, erkin iqtisodiy hududlar taşkil etilişi, global iqlim özgarişiga qarşi kuraş davom ettirilişi va nihoyat jinoyatçilikka çek qöyilişini bildirib ötgan.
Breksitdan keyingi hayot: Britaniya buyuk bölmay qoladimi?
YeIdan rasmiy çiqişning texnik jihatlariga kun davomida tayyorgarlik körildi. Bryusselda Yevroparlament binosida britaniyaliklar bayroği tuşirilib, uning örnini Yevroittifoq bayroği egalladi.

Yevroparlamentdagi britaniyaliklar delegatsiyasi bir neça kun muqaddam yiğiliş zalidan çiqarib yuborildi. Parlamentariy Jonatan Bullok şaharni tark etayotib avtomobil oynasidan britan bayroğini hilpiratdi.

Union Flag being lowered in Brussels tonight pic.twitter.com/EZeHMo604P
— Nick Eardley (@nickeardleybbc) January 31, 2020
Londonda ham bayroqlarning misli körilmagan konsentratsiyasini kuzatiş mumkin edi. Parlament binosi oldid breksitning minglab tarafdorlari töpllanişdi.




Juma kuni London köçalarida breskit tarafdorlari ham, qarşilar ham aksiyalar ötkazişdi. Parlament maydonida Leave Means Leave (Çiqiş kerakmi - demak çiqamiz») harakati a'zolari namoyiş uyuştirdi. YeI tarafdorlari marosimga milliy bayroq ranglaridagi kiyimlarda taşrif buyurişdi.

















