Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda franchayzing asosida universitet tashkil etilishi mumkin
Mamlakat elchixonasi ko‘magida Buyuk Britaniya Birminghem universiteti Global hamkorlik departamenti boshlig‘i Kler Belkadi va Strategik islohotlar agentligi tarkibidagi Xalqaro malakalar va baholash markazi (XMBM) direktori Husnidin Homidov o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
Foto: "Dunyo" AA
Muloqot avalida xorijiy tomonga XMBM faoliyati haqida ma’lumot berildi. Xususan, dunyoning bir qator universitetlari, shu jumladan Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda O‘zbekiston ta’lim tizimiga akademik va kasbiy dasturlarni joriy etish hamda talabalar uchun akademik mobillik va xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib borayotgani ta’kidlandi.
Tomonlar turli yo‘nalishlarda, xususan dual diploma dasturlari, franchayzing asosida universitet tashkil etish hamda o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekspertlar darajasida ishchi muzokaralarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
16:15 / 13.12.2025
Reding universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
17:58 / 26.11.2025