O‘zbekiston | 01:09 / 01.02.2020
16854
3 daqiqa o‘qiladi

Inflatsiyani vujudga keltiradigan omillar kamayib bormoqda – Markaziy bank

2023 yilga kelib, inflatsiya darajasi 5 foizgacha tushiriladi, 2021 yilda bu raqam 10 foizni tashkil etadi.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyevning fikricha, bunda fundamental risklar ko‘rinmayapti. U Xalqaro Press-klub sessiyasi doirasida Kun.uz muxbiriga bergan blits-intervyusida shular haqida so‘z yuritdi. Hamroyev, shuningdek, milliy valuta nominatsiyasi va yangi kupyura muomalaga kiritilishi ehtimoliga doir savolga ham oydinlik kiritdi. 

-  2023 yilda inflatsiyani 5 foizga tushirish maqsad qilingan. Buning uchun qanday choralar ko‘riladi? Qayta moliyalash stavkasi ko‘tariladimi?

«Avvamlambor, inflatsiyani targetlash doirasida kommunikatsiya juda muhim. Bilasiz, 2023 yilda inflatsiya darajasi 5 foizga tushirilishi kerak. 2021 yilda bu raqam 10 foizga tushishi kerak. Sekin-sekin inflatsiyani vujudga keltiradigan omillar kamayib bormoqda. Bunda bir martalik omillar bor. Tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi. Valuta kursi (albatta, bu tashqi va ichki omillarga ham bog‘liq, uni bilib bo‘lmaydi). Bizning taxminlarimiz bo‘yicha bu sohada fundamental risklar ko‘rinmayapti. Qolaversa, ayrim oziq-ovqat narxlari qo‘shni davlatlardagi narx-navolarga qariyb yetib qolgan. Erkin savdo sharoiti saqlanib qolinadigan bo‘lsa, bu ham narxlar ko‘tarilmasligiga yordam berishi darkor. 

Behzod Hamroyev – Markaziy bank raisi o‘rinbosari 

Ikkinchisi, makroiqtisodiy o‘zaro muvofiqlik. Misol uchun, kreditlar darajasini belgilayapmiz, u kelgusi yildan boshlab nominal yalpi ichki o‘sish darajasida bo‘lishi kerak, ya'ni 20-25 foiz atrofida. Chunki, o‘tgan yilgi kreditlar qoldig‘i 55 foizga, yalpi nominal o‘sishi 25 foiz atrofida bo‘lgan. Bu kelgusi yilda narxlarga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi barobarida umumiy fiskal balansimiz, ya'ni budjetimiz defitsitini bosqichma-bosqich pasaytirib boradi. Bu ham inflyatsion omillar pasayishiga yordam beradi». 

-  O‘zbek milliy valutasi denominatsiya qilinadimi?

-  Yo‘q. Hozirgi inflatsiya sharoitida bunday chora foyda bermaydi. 

-  Hozirda, eng yirik milliy valuta kupyurasi AQSh dollarida 10 dollarni tashkil etadi. Yaqin orada yangi, yirikroq nominaldagi valuta chiqarish rejalashtirilganmi?

-  Yo‘q. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid