Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada bankomatni portlatmoqchi bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik sudlandi
Rossiyaning Perm shahri Motovilixin tuman sudi 3,4 mln rubldan ko‘proq pul o‘g‘irlash maqsadida bankomatni ochmoqchi bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlikka qarshi jinoiy ish bo‘yicha hukm chiqardi.
Perm o‘lkasi prokuraturasida ma'lum qilinishicha, jinoyatchilar Permdagi bankomatlar ichidagi pullarni qo‘lbola portlovchi qurilma qo‘llagan holda qo‘lga kiritishmoqchi bo‘lishgan. Biroq ular jinoyatni oxirigacha yetkaza olishmagan: jinoyatchilar qo‘lga tushishdan qo‘rqib, voqea joyidan qochib qolishgan. Keyinroq politsiya ularni ushlashga muvaffaq bo‘lgan.
4 nafar erkakka o‘ta katta miqdorda o‘g‘irlik sodir etish, portlovchi qurilmalarni, saqlash, olib yurish va tashish, tayyorlash moddalari bo‘yicha ayblov e'lon qilingan. Sud o‘zbekistonliklarga 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va 300 mingdan 350 ming rublgacha jarima to‘lash jazosini tayinlagan.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026