Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kerak bo‘lsa o‘sha organni ham tartibga chaqiramiz» – Ruslanbek Davletov ma'lumot berishni rad etish holatlariga munosabat bildirdi
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun hujjatlaridagi havolaki normalarni tartibga solish vazirlik oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekanini ma'lum qildi.
3 fevral kuni OAV vakillari uchun o‘tkazilgan media tadbirda Adliya vaziri Ruslanbek Davletov qonun hujjatlarida tez-tez uchraydigan «davlat siri bo‘lgan ma'lumotlar yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni oshkor etish» haqidagi norma bo‘yicha izoh berdi.
«Qonun hujjatida barcha qonunlardagi normalarni ko‘rsatib o‘tolmaysiz. Chunki ko‘p ular. Shu bois ularning faqat talqiniga e'tibor berish kerak. Kimdir ana shunday normalar bilan talabingizni rad qiladigan bo‘lsa, bu qonun bilan himoya qilinishini isbotlab berishi kerak.
Buning qanday turlari bor. Tijorat siri bor, u haqda alohida qonun bor. Notarial sir bor, bank siri bor, bojxona siri bor, soliq siri bor. Ya'ni hammasi bo‘yicha qonun bilan mustahkamlangan sirlar bor.
O‘sha sirlarga havola qilib so‘ragan ma'lumotingizni rad etsayu va buni isbotlab bera olsa, faqat shundagina ma'lumot berish va olishni cheklash mumkin.
Shuning uchun bu «davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish» degan normaning o‘zi to‘g‘ri yozilgan, faqat amaliyotda siz dadilroq bo‘lishingiz kerak. So‘ragan ma'lumotingizni berishni rad etishsa, buning davlat yoki boshqa sir hisoblanishini ko‘rsatib berishi kerak. Aks holda so‘ralgan ma'lumotni bermaslik mumkinmas.
Kecha bir advokat keldi, mijozining muammosi bilan keldi, unga bitta organ ma'lumot bermayapti, sir deb. Men aytdim, ko‘rsatsin, asoslab bersin sirligini. Mumkinmas busiz, axir advokat mijozini himoya qilishi kerak.
Ya'ni muammo amaliyot bilan bog‘liq bo‘lyapti. Shunaqa muammo bo‘lsa, bizga ayting, bizning yangi tuzilmamiz tushuntirishlar beradi. Kerak bo‘lsa, o‘sha organni ham tartibga chaqiramiz», deya Ruslanbek Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazir qonun hujjatlaridagi shu kabi normalarni tartibga solish vazirlik oldida turgan eng muhim vazifalardan biri ekanini ta'kidladi.
«Bu masalada tinim bilmayapmiz, uyda ham shuni o‘ylab o‘tiramiz. Joylarga chiqib fermerlar bilan gaplashsak ham shu haqda so‘raymiz. Hammadan qonunchilik tashabbusiga taklif beringlar, nima qiynayapti xalqni deb tinimsiz takliflar so‘rab kelamiz.
Sizlar ham aniq taklif beringlar. Mahalladan berilgan 28 xil ma'lumotnomaning yo‘qolishi, psixonevrologik va narkologiya dispanserlari tomonidan beriladigan ma'lumotlarni berish davlat xizmatlari markazlariga o‘tkazilishi – bular hammasi quyida, odamlar orasida yurib o‘rganganlarimiz natijasidir.
Davlat xizmatlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish muddatlari ikki barobar, talab qilinadigan hujjatlari ikki yarim marta kamaydi. Buning tagida tinimsiz tahliliy faoliyat yotibdi. Bizga taklif beringlar, biz ko‘tarib chiqaylik», deydi Ruslanbek Davletov.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026