Propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak - Ruslanbek Davletov
Ruslanbek Davletov prezident propiska masalasiga to‘xtalgani Adliya vazirligining yo‘lini ochayotgani, bu masala ijrosi bilan maxsus ishchi guruh shug‘ullanishini aytib o‘tdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov jurnalistlar va blogerlar bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda rasmiylar nega prezidentning o‘zi gapirmagunicha qonunlardagi kamchiliklarni tan olmasliklari haqidagi savolga javob qaytardi.
«Bu haqda kim nima degan bo‘lsa, o‘zi javob beradi. Lekin biz – Adliya vazirligi buni gapirib kelganmiz. Biz kerak bo‘lsa, [propiska tartibini yengillashtirish bo‘yicha] qonun loyihalarini ko‘tarib kelganmiz.
Bitta narsani aytay, masalan, yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan kvartira sotib olganlarga propiska berilishi qaysidir ma'noda yengillik bo‘lgan-ku! Adliya vazirligi bunga juda katta muhokamalarda ishtirok etib erishgan.
Keyin buni yangi uylarni qurib sotayotganlarning lobbisi deb chiqishdi. Bu yangilik joriy etilayotgan vaqtda hech kimning xayolida bu narsa bo‘lmagan.
Ya'ni propiska muammosini bosqichma-bosqich ozginadan bo‘lsa ham yengillashtiraylik deb amalga oshirilgan bu ish. Davlat xizmatlari agentligi tizimida eksterritorial tamoyil bo‘yicha xizmat ko‘rsatilayotgani, qonunchilikka so‘nggi yillar davomida propiska tartibini yumshatish maqsadida kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchalardan ko‘zlangan maqsad ham shu aslida», deya Ruslanbek Davletovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, propiska tartibini yengillashtirish faqatgina Adliya vazirligiga bog‘liq bo‘lmagan. Buning uchun o‘ziga xos qonunchilik bosqichlaridan o‘tilishi, vazirliklar bilan kelishish talab etilgani uchun jarayon cho‘zilgan.
«Davlatimiz rahbarining bu masalaga to‘xtalgani yo‘limizni ochyapti. Bizga xalqaro tajribani o‘rganib, shuning asosida kiritinglar degan topshiriq berildi. Bu bo‘yicha ham ishchi guruh tuzilib, mazkur vazifaning ijrosi bilan shug‘ullanadi. Shuning uchun, propiska masalasi yaqin kelajakda uzil-kesil hal bo‘lishi kerak. Biz ham shuning tarafdorimiz», deydi Ruslan Davletov.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida propiska masalasi 30 yil fuqarolarning oyog‘iga kishan qilingani aytgan, parlament va hukumatga 2020 yil 1 aprelga qadar propiska tizimini isloh qilish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergandi.
Prezident ta'kididan keyin, hukumat va parlament a'zolari propiska rejimini ochiq tanqid qilishga o‘tishdi. Jumladan, Xalqaro press-klubning 25 yanvardagi sessiyasida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov propiska dunyoning boshqa hech bir yerida yo‘q ekani, u bekor qilinishi kerakligi, iqtisodiy nuqtayi nazardan, odamlarning mobilligi muhim omillardan biri hisoblanishini aytgan bo‘lsa, Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov propiska inson huquqlarining kamsitilishi ekanini eslab qoldi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
-
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
Jahon | 23:21 / 24.05.2025
-
«Avtooyna» MChJ va «Yoshlik» sport majmuasi sotildi. Xaridorlar kim?
Iqtisodiyot | 22:51 / 24.05.2025
Mavzuga oid

19:18 / 04.12.2024
Prezident maslahatchilari tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ruslanbek Davletovning lavozimi o‘zgardi

19:32 / 19.03.2024
Propiskadagi begonalar va kutilmagan soliq – Adliya mas’ullari izoh berdi

22:35 / 15.11.2022
AQSh O‘zbekistonda diniy erkinlikka doir qonunchilik xalqaro standartlarga moslashtirilishiga umid bildirdi

12:33 / 15.11.2022