Prezident parlamentga murojaatnomasida hukumatga propiska tizimini isloh qiliş böyiça topşiriq berdi.

«Urbanizatsiya jarayonlarini jadallaştirgan holda hududlarni komleks rivojlantiriş va aholi uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş zarur. Ana şu işlar doirasida yettita yirik şahar - Andijon, Buxoro, Samarqand, Qarşi, Farğona, Namangan va Nukus, Nukusga yöldoş bölgan 12ta şaharça tanlab olinib, ularni rivojlantiriş yuzasidan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Şunga boğliq yana bir masala. Asosiy işçi kuçi yaşaydigan va iş örinlari yaratilayotgan hududlarimiz örtasida juda katta tafovut mavjud. Buning yeçimi içki migratsiyani erkinlaştirişdir.

Şu bois, parlament va hukumat 2020 yil 1 apreliga qadar propiska tizimini isloh qiliş böyiça xalqaro tajribani örganib çiqişi va aniq takliflarni işlab çiqişi lozim», dedi prezident.

Prezident bu muammo şu vaqtga qadar fuqarolar oyoğida kişan bölib kelayotganini qayd etdi.

«Bu masala qanday qiyinligini hammamiz bilamiz. 30 yil fuqarolarimizning oyoğiga kişan qilib bu masalani hal qilmadik.

Fuqarolarimiz Özbekiston Respublikasining xohlagan joyida propiskadan ötib, xohlagan joyida işlaşining qonuniy asosini yaratmasak, quruq gap bilan işlar amalga oşmaydi», dedi prezident.

Davlat rahbari «Özbekistondagi har bir inson öz uy-joyiga ega bölişi»ni istaşi haqida ham gapirdi.

«Qaysi quriliş taşkiloti arzon, sifatli, muddatini ta'minlab, odamlarga ma'qul taklif bilan çiqsa, auksion orqali özi yutib olsin. Moliyada, bankda ötirganlar u 4 trillion sömni xohlagan odamga beriş zamoni ötdi, korrupsiyani yöq qilişning bitta-yu bitta yöli — auksion.

Yuragimdagi bir niyatimni sizlarga aytmoqçiman. Hammamiz ham öz vaqtida uy oliş, propiskaga ötiş böyiça muammolarga duç kelganmiz, 50-60 yoşdagi örta yoş vakillarini, ayniqsa, Toşkentga yoki katta şaharlarga kelib işlayman deganlarni hayotida eng qiynagan narsa — uy va propiska edi. Mening eng katta niyatim şuki, vatanimiz içra har bir inson, özining kiçik vataniga – uy-joyiga ega bölsa, bizdan xalqimiz ham, Yaratgan ham rozi böladi», dedi Şavkat Mirziyoyev.