Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XTV tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarining oldini olish uchun tushuntirish ishlari olib boriladi
Yangi koronavirus kasalligining tarqalishi munosabati bilan Xalq ta'limi vazirligi tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarining oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi. Bu haqda vazirlik ma'lumotida aytilgan.
O‘tgan yilning 31 dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga mamlakatning Uxan shahrida noma'lum pnevmoniya epidemiyasi yuzaga kelgani haqida xabar qilgan edi. Kasallanishning birinchi holatini dengiz mahsulotlari sotiladigan bozor bilan bog‘lashmoqda. Joriy yilning 7 yanvar kuni xitoylik mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi koronavirus 2019-nCoV ekanini aniqlashdi. Koronavirus boshqa xorij mamlakatlarida ham qayd etilgan.
O‘zbekistonda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, kasallikning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Davlat chegarasi kesishgan joylardagi sanitariya-karantin punktlaridan o‘tayotgan yo‘lovchilarni sifatli tibbiy-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazishga alohida e'tibor qaratilib, pnevmoniya va boshqa o‘tkir respirator kasalliklari alomatlari aniqlangan bemorlarni alohidalash va shifoxonalarga yotqizish choralari ko‘rilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, Xalq ta'limi vazirligi tizimida O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib boriladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi O‘RI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqdi:
- xonalar haroratini me'yorda bo‘lishi, xonalarni tez-tez shamollatib turish va namli dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borish;
- kasallikning klinik belgilari va tana harorati yuqori bo‘lgan ishchilar, talabalar va o‘quvchilar aniqlanganda ularni ishga va o‘qishga qo‘ymaslik, tibbiy muassasaga murojaat etishini tashkil etish;
- hojatxonalarda tozalash va dezinfeksiya ishlarini muntazam olib borilishini nazoratga olish;
- hojatdan chiqqanda va ovqatlanishdan oldin qo‘lni sovunlab yuvish va shaxsiy gigiyena qoidalariga muntazam rioya etilishi;
- talaba va o‘quvchilarni tibbiy niqoblar bilan yetarlicha ta'minlash;
- xodimlar, talabalar va o‘quvchilar ishtirokida tibbiyot mutaxassislarini jalb qilgan holda koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha o‘quv seminarlarini tashkil etish.
“O‘zingiz va oila a'zolaringizda yuqorida qayd etilgan kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan hududingizdagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting. Har qanday davolash ishlari shifokor nazoratida amalga oshirilishi lozim”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025